Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 26 Ноября 2014 в 00:26, курсовая работа

Краткое описание

Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi butun jahon iqtisodiyoti, siyosati va jamiyat tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va undagi o’zgarishlarga salmoqli ta’sir ko’rsata oladigan yirik sanoat Yaponiya avtomobil sanoati va uning rivojlanish yo’nalishlari xususida so’z yuritadi. Bu mavzuning muhimligi va ahamiyati shundaki, bugunki kunda Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanishi bosqichlari, avtomobil sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tajriba maktabi bo’la oladi. Shu bilan birgalikda o’zining katta imkoniyatlari hamda rivojlanganligi bilan jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsata oluvchi muhim subyektlaridan biriga aylandi.

Содержание

Kirish………………………………………………………………………..3
1 – bob. Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi…………..6
Urushgacha bo’lgan davrda Yaponiya avtotransporti (XX asrning 30 -
yillarigacha)………………………………………………………………..6
Urushdan so’ng avtomobil sanoatining rivojlanishi……………………..8
Zamonaviy Yaponiya avtomobil sanoati……………………………….14

2 – bob Yaponiya avtomobil eksporti va importi. Asosiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar…………………………………………..28
2.1 Yaponiya avtomobil eksporti va uning ko’rsatgichlari………………...28
2.2 Yaponiya avtomobil importi va uning ko’rsatgichlari…………………34
2.3 Asosoiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar……………………….38

3 – bob Yaponiya avtomobil kompaniyalarining faoliyati………….40
3.1 Toyota Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari……40
3.2 Honda Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari ……46
3.3 Nissan Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari …... 54


Xulosa va takliflar………………………………………………………….61
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………

Прикрепленные файлы: 1 файл

Yaponiya avtomobil sanoati (diplom ishi) (Автосохраненный)34 (2).docx

— 1.54 Мб (Скачать документ)

Avtomobil savdosi jarayoni va daromadlar jadvali

        Jadvalda 2008 – 2012 – yillar oralig’ida Honda kompaniyasining moliyaviy ma’lumotlari keltirilgan. 2008 – yilda jami savdo 12,002,834 million yenlik savdo amalaga oshirilgan bo’lib, soliqlardan oldin kompaniyaning daromadi 895,841yenni, daromad soliqlaridan so’ng 600,039 rashkil qilgan. Ushbu yildagi jami 12,002,834 yenlik savdoni 1,585,777 yenlik qismi Yaponiya bozorlarida, 10,417,057 yeni esa jahondagi boshqa mintaqa va davlatlarda amalga oshirilgan savdodan kelib tushgan. 2008 – yilda kompaniyada ishlayotgan ishchilar soni 178,960 kishini tashkil qilgan. 2009 – yilga kelib kompaniyaning barcha sohalarida kamayishlar vujudga kela boshlagan misol uchun jami savdoda 10,011,241yennlik savdo amalga oshirilgan bo’lsa bu o’tgan yilga nisbatan 2 million yen past natija bo’lganligini ko’rsatadi. Kompaniyaning soliqlardan oldingi daromadi 161,734 yenni tashkil qilib bu 2008 – yilga nisbatan 5 barobar past daromad olinganligini, soliqlar to’langach sof daromad esa 137,005 yen bo’lgan, 2008 – yilda esa 600,039 million yen kompaniya sof daromad ko’rgan. Ushbu yilda jami savdo 10,011,241 yen bo’lib bundan 1,446,541 yeni Yaponiyada 8,564,700 yeni esa boshqa mintaqalarda amalga oshirilgan. Lekin ushbu yilda 2008 – yilga nisbatan ishchilar sonining o’sganligini ko’rishimiz mumkun bo’ladi, bu yilda kompaniyada

181,876 ishchi faoliyat olib borgan bo’lsa bu o’tgan yilga nisbatan yangi 3,000 ish o’rni yaratilganligini bildiradi. Kompaniyada keyingi yillar davomida ham mana shunday holat kuzatilga bo’lib birgin 2011 – yilda Honda qayta jonlangandek bo’lgan. Bu yilda jami savdo 8,936,867 million yen (8,579,174 million yen)lik savdo amalga oshirilgan bo’lsa soliqlardan oldin 630,548 million yen (2010 – yilda  336,198 million yen), soliqlardan so’ng Hondaning sof daromadi 534,088 million yenni (2010 – yilda 268,400 million yen)ni tashkil qilgan. 2011 – yilda Hondaning umumiy ishchilar soni 179,060 (2010 – yilda 176,815)ni tashkil qilgan. 2012 – yilga kelib Honda 7,948,095 million yenlik savdoni amalga oshirgan bo’lib, soliqlardan oldingi daromadi 257,403 million yenni tashkil qilgan bo’lsa soliqdan so’ng sof daromad 211,482 million yenni tashkil qilgan. 2012 – yildagi umumiy savdoning 1,517,927 million yeni Yaponiya bozorlaridan, 6,430,168 million yeni jahon bozorlarida sotilgan mahsulotlar natijasida kelib tushgan. Ushbu yildagi kompaniya ishchilari 187,094 kishini tashkil qilgan.

        Agar ushbu yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni grafik orqali ko’radigan bo’lsak:

3.2 – rasm. Honda kompaniasining umumiy savdo va sof daromadi bo’yicha 2008 – 2012 – yillar oralig’idagi holati

        2013 – yil Aprel oyida Honda Motor Co., Ltd. Shu yilning 31 – martida Moliyaviy yilning tugaganligi to’g’risida ma’lumot berib bunga ko’ra Yaponiyadagi ichki savdo va eksport natijalari keltirilgan shuningdek 2013 – yil mart oyidagi savdo natijalari ham ma’lumot o’rnida keltirilgan.

3.4 - jadval

Honda kompaniyasining Jahondagi savdo hajmi

 

2013 –moliyaviy yil

(12 – Apr. – 13 – Mart.)

2013 - yil Mart oyi

Miqdori

Miqdori

Yaponiya

876,039

61,666

Yaponiyadan tashqarida

3,180,102

295,693

Jami

4,056,141

357,359



    

     Yuqoridagi jadval orqali kompaniyaning 2012 – yilda yaponiya va tashqi bozorlarda sotilgan mahsulotlar miqdori keltirilgan. Ichki ishlab chiqarishda kompaniyaning ulushi 876,039 donani tashkil qilgan bo’lsa, tashqi bo’limlarda ishlab chiqarilgan kompaniyaning mahsulotlari 3,180,102 donani rashkil etgan. Honda tomonidan jami ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori 4,056,141ga yetgan. 2013 - yil mart oyidagi kompaniyaning natijalari Yaponiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar soni 61,666 donani tashkil qilgan bo’lib, Yaponiyadan tashqarida esa

ishlab chiqarish 295,693 donaga yetgan. Bu oydagi jami ishlab chiqarish 357,359 donaga yetgan.

     Honda mintaqalarda ishlab chiqarishni tashkil qilgan bo’lsada Yaponiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarini eksportini yo’lga qo’ygan. 2013 – yilda kompaniya eksport miqdori yildan yilga kamayib borayotganligini ma’lum qilgan. Quyida keltiriladigan grafik orqali 2013 – yilda yakunlangan moliyaviy yil natijalari hamda ushbu yilda boshlangan yangi moliyaviy yilning mart oyidagi natijalar bilan tanishamiz:

3.5 - jadval

Yaponiyadan mintaqalarga qilinadigan eksport

 

2013 –moliyaviy yil

(12 – Apr. – 13 – Mart.)

2013 - yil Mart oyi

Miqdori

Miqdori

Shimoliy Amerika

108,640

10,769

AQSH

106,637

10,621

Yevropa

13,385

429

Osiyo

19,979

1,350

Boshqalar

21,320

1,263

Jami

163,324

13,811


 

     Bugungi kunda barcha kompaniyalarga eng samarali va ishonchli bozor vazifasini AQSH bajarib kelmoqda, Shimoliy Amerika qit’asida tashkil etilgan ishlab chiqarish yoki kiritilayotgan investitsiyalarning katta miqdori AQSH bozorlariga qaratilgan. AQSH Honda kompaniyasi uchun ham qit’adagi eng yaxshi bozor hisoblanadi qit’aga 108.640 dona avtomobil eksport qilingan bo’lsa shundan, 106,637 donasi AQSH bozorlariga qaratilgan. 2013 – yilning mart oyidagi natijalarga ko’ra 10,769 dona mahsulot Shimoliy Amerikaga eksport qilingan bo’lsa bundan 10,621 AQSHga eksport qilingan. Yevropa mamlakatlariga kompaniya tomonidan 13,385 dona mahsulot eksport qilingan bo’lsa bu AQSH bozoriga nisbatan ancha past natika ekanligini ko’rishimiz mumkin lekin Yevropada Hondaning eng yirik bo’limlari tashkil etilganligini ham e’tiborga olish kerak bo’ladi. Mart oyida esa Yevropaga 429 dona eksport amalga oshirilgan. Osiyoga amalga oshirilgan eksport 19,979 donani tashkil etgan bo’lsa, mart oyi natijalari esa 1,350 dona eksport amalga oshirilganligini ko’rsatmoqda. Boshqa mintaqalarga amalga oshirilgan eksport 2013 – yilda yakunlangan moliyaviy yil natijasiga ko’ra 21,320 donani tashkil etgan, mart oyidagi holatga ko’ra 1,263 dona eksport qilingan. Yaponiyadan amalga oshirilgan jami eksport miqdori 163,324 dona, mart oyida esa 13,811 donani tashkil qilgan

 

3.3 Nissan Motor Kompaniyasi va uning Yaponiya iqtisodida tutgan o’rni.

 

     Nissan motor (Nissan Motor Co., Ltd.) - Kompaniya 1933 – yilda tashkil etilgan bo’lib Yaponiya va dunyodagi o’zining keng ko’lamli ishlab chiqaradigan avtomobillari bilan eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi.

    1950 – yilga kelib kompaniya raketa dvigatellarini ishlab chiqarish, ularni qayta tamirlash, raketalarga ularni o’rnatish va mana shunday ishlarni kengaytirish, shuningdek kema sanoati uchun dvigatellar ishlab chiqarish ishlarini yo’lga qo’ygan. 1958 – yilda kompaniya AQSH bozoriga o’z avtomobillarini eksport qila boshlagan, 1964 – yilga kelib ilk bora Yaponiya kompaniyalari orasida Nissan AQSHga eng ko’p avtomobil eksport qiluvchi o’nta kompaniyaning biriga aylandi. 1962 – yil Nissan o’z avtomobillari bilan Yevropaga kirib borgan.

     Ko’plab korxonalari asosan maxalliy bozorlarni namuna qilgan holda ko’zlanib harakat qilingan, Yaponiyadan tashqari Yevropa bozorlari ham ko’zda tutlgan.

Avtomobil ishlab chiqarishdan tashqari, aerokosmika sanoati uchun zarur bo’lgan bir necha maxsulotlar ishlab chiqaradi.    

     Yaponiyadan tashqarida ishlab chiqarishni ilk bora Nissan Tayvanda 1959 – yilda tashkil qilgan bo’lib, hozirada 20 ta mamlakatda o’z faoliyatini olib bormoqda.  1976 – yilda kompaniya dunyoda eng ko’p avtomobil eksport qiluvchi kompaniyalarning biriga aylandi. Natijada 1981 – yilda Nissan va Volkswagen o’rtasida Yaponiyada hamkorlikda yengil avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha shartnoma imzolandi.

     1990 – yilning o’rtalariga kelib kompaniya moliyaviy tang ahvolga kelib qolishi natijasida, shu yili boshqaruv paketidagi katta ulushli aksiyalar paketini Fransiya Kompaniyasi Renaultsotadi. Fransiya kompaniyasi hisoblangan Renault Nissan kompaniyasining boshqaruv paketidagi aksiyalarning 43,4 %ga egalik qila boshlagan, o’z navbatida Nissan ham Renault Kompaniyasining mana shunday ko’rinishga ega bo’lgan 15 %lik aksiyasiga egalik qilgan. Renault kompaniyasi tomonidan Nissan kompaniyasining boshqaruviga tayinlangan Karlos Gonning ishlab chiqgan “Nissan Revival Plan” dasturiga asosan inqiroz holatidan chiqib oladi. 1999 – yil mart oyidagi holatga ko’ra yillik sotuv xajmi 6 580 mlrd. Yenni, ishchilar soni esa 39,4 ming kishini tashkil qilgan.

    2010 -  yilda Nissan avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda Toyota, General Motors, Volkswagen AG, Hyundai Motor Group va Ford kompaniyalaridan so’ng oltinchi o’rinni egallagan (Shu yili Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida esa Toyota va Hondadan so’ng 3 – o’rinda).  

     2011 – yilda Yaponiyada kuzatilgan Yer qimirlashlari natijasida Nissan kompaniysining zavodlari 11 – martdan 23  - mart oralig’ida o’z faoliyatini olib bora olmagan, Motor zavodlaridan biri hisoblangan Iwaki zavodi o’z faoliyatini 17 – aprelga qadar to’htatib turishga majbur bo’lgan.

Kompaniyaning Faoliyati

     1985 – yilda kompaniya NISMO funksiyasi doirasida – avtomobillarni tyuning qilish bilan shug’ullana boshladi. Bundan tashqari kompaniya Nissan Marinega ham egalik qiladi va Marubeni korporatsiyasi bilan hamkorlikda motorli qayiqlar uchun dvigatellar ishlab chiqaradi.

     Nissan kompaniyasida 2005 – yilda ish bilan band bo’lganlar soni 159 771 kishini tashkil qilgan. 2007 – moliyaviy yilni Nissan 3,77 mln dona avtomobil sotish bilan yakunlagan. Ushbu yilda konsalting savdodan tushgan tushum 10,824 trln yenni (94,32 mlrd dollar), foyda – 482,3 mlrd yen (4,22 mlrd dollar)ni tashkil qilgan. 2009 – yilga kelib Nissan 3.1 mln dona avtomobil sotishga erishgan.      

Avtomobillarni Gibridlashtirish

     Nissan o’zining raqobatchilaridan biri hisoblangan Toyota kompaniyasi bilan 2007 – yilda Nissan Altima avtomobilini gibridalash bo’yicha bir necha texnalogiyalarni qo’llash haqida Toyota kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Altima rusumidagi mashina Nissan Kompaniyasining ilk gibrid avtomobili hisoblanadi va bu mashina faqat AQSH bozoridagina sotilgan.

     2006 – yilda Nissan Tino rusumidagi 100 dona gibrid mikroavtobuslar huddi shu rusumdagi benzin bilan ishlovchi mikroavtobuslar o’z narxidan 40% qimmat narhda sotilgan.

       2009 – yil 2 -avgustga kelib kompaniya ilk bora elector quvvati bilan harakatlanuvchi elektromobilni ishlab chiqara boshladi. Ushbu avtomobilga Leaf 15(O’zb: Leaf  - Barg) nomi berilgan. 2010 – yilning boshlarida mana shunday avtomobillar ishlab chiqarilishiga ruxsat berilgan bo’lsa, dekabr oylarida AQSH bozorlarida sotila boshlagan. Yevropa bozorlariga 2011 – yilning boshlaridan kiritila boshlagan.

Kompaniyaning tarkibiy tuzilishi

  • Nissan Marine – kemasozlik ishlari, turli hil korabllarni qurish va ularni dvigatellarini ishlab chiqaruvchi bo’lim
  • Nissan Iwaki – dvigatellar ishlab chiqarish bo’limi
  • Nissan NISMO – avtomobillarni tyuning qilish, dizayn markazi, qisman yoki to’liq tarzda avtomobillarni homaki loyihasini yaratish, shuningdek ichki va tashqi dizayn, rangli bezatish, ehtiyot qismlar va aksessuarlarni bezatish bo’limi

Shuningdek Nissan mahalliy telekomunikatsiya, moliyaviy xizmatlar, tekstil mashinasozligi va raketalar uchun aerokosmik dvigatellarning qismlarini ham yo’lga qo’ygan. Kompaniya Nissan brendi ostida yengil va boshqa turdagi mashinalar uchun ko’plab mahsulotlar ishlab chiqaradi. Shuningdek Infiniti nomi ostida ham avtomobil ishlab chiqarish Nissan tomonidan yo’lga qo’yilgan

Renault – Nissan

     1999 – yilda Nissan kompaniyasi og’ir bir moliyaviy holaga tushib qolishi natijasida Fransiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri hisoblangan Renault kompaniyasi bilan o’zaro hamkor bo’ladi.

   1999 – yil 27 –mart sanasida imzolangan Renault – Nissan Alliance (O’zb: Renault – Nissan hamkorligi) tashkil topadi. Bu hamkorlik Yaponiya va Fransiya avtomobil sanoatidagi ilk hamkorlik hisoblanadi. Bu hamkorlikning o’ziga hos tomoni shundaki har ikki kompaniya ham bu sohada o’z brendi va madaniyatda qolishi mumkin edi.

    Bugungi kunda ushbu ittifoqchilik qatoriga Rossiya avtomobil sanoatining yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblangan Avtovaz (Lada) kompaniyasi ham qo’shilgan, lekin Lada asosan bu guruhda rossiya bozorlaridagina sherik hisoblanadi.

3.3 - rasm.


 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.6 - jadval

Hamkorlikning 10 ta eng katta bozorlari

Davlatlar

Ko’rsatgichlar

(ming birlikda)

Bozordagi ulushi

Xitoy

1,212

7.4 %

AQSH

1,043

8.2 %

Rossiya

879

32.9 %

Fransiya

767

29.2 %

Yaponiya

594

14.1 %

Brazilya

262

7.7 %

Germaniya

254

7.5 %

Meksika

248

27.4 %

Birlashgan Qirollik

196

8.9 %

Italiya

193

10.1 %



 

      Yuqoridagi jadvalda ittifoqchi kompaniyalarning 10 ta eng katta bozorlar ro’yxati jadval orqali berilmoqda.  Ushbu jadvaldan ko’rinib turibdiki kompaniyalar uchun eng samarali bozor Xitoy bozorlari hisoblanib mamlakatda sotilayotgan jami avtomobillarning 7.4% yoki 1,212 donasi ittifoqchi kompaniyalarga tegishli hisoblanadi. Keyingi o’rinni AQSH avtomobil bozori egallab mamlakatda sotilayotgan jami avtomobillarning 8.2% li ulushiga yoki 1,043 donasiga egalik qiladi. Eng ko’p ulush Rossiya bozorlarida kuzatilsada sotilayotgan avtomobillarning katta qismi Lada kompaniyasining avtomobillari hisoblanadi, mamlakat avtomobil bozorining 879 000 donasiga Renault – Nissan – Avtovaz kompaniyalari egalik qiladi. Fransiya va Yaponiya bozorlaridagi kompnaiyalarning ulushi 29.2% va 14.1% gat eng hisoblanadi. Janubiy Amerika qit’asida kompaniyalar faqat Braziliya bozorlariga kirib brogan, bu bozorda ular 7.7% ulushga ega hisoblanadi. Germaniya va Meksika bozorlarida yiliga 254 000 va 248 000 dona mashina sotisha olgan. Ohirgi o’rinlarda Birlashgan Qirollik va Italiya mamlakatlaribozorlari egallagn bo’lib bu yerda kompaniya 8.9% va 10.1% ulushga egalik qiladi.

      2011 – yilga kelib Renault – Nissan hamkorligi 8.03 million dona avtomobil sotishga erishadi, bu 2010 – yilga nisbatan 10.3 % ga o’sganligini ko’rsatadi. 2011 – yilda hamkorlik jahon bozoridagi savdoning 10.7 %ni amalga oshirgan.

    Hamkorlik 2011 – 2016 – yillar rejalarini ishlab chiqgan bo’lib bunga ko’ra, 2016 – yilga qadar hamkorlik tomonidan (Renault – Nissan - Avtovaz) dunyo bo’yicha 10 million dona avtomobil sotishni rejalashtirgan.

3.4 – rasm.

      Yuqoridagi 3.4 – rasmda Renault-Nissan-Avtovaz hamkorligida va boshqa yirik kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarning 2011 – yildagi sotuv natijalari keltirilgan bo’lib, ro’yhatning birinchi pog’onasida AQSH kompaniyasi hisoblangan GM (General Motors) kompaniyasi egallagan. GM 2011 – yilda jahon bozorida 9 million dona avtomobillarini sota olgan. Keyingi o’rinda esa Germaniya avtomobil kompaniyalaridan biri bo’lgan Volkswagen Audi Group egallagan bo’lib kompaniya ushbu yilda 8.3 million dona avtomobillarini jahon bozorlarida o’z haridorlariga sota olgan. Renault-Nissan-Avtovaz hamkorligidagi (Fransiya, Yaponiya, Rossiya) kompaniyalari ushbu ro’yhatning 3 – o’rinda joylashgan bo’lib, hamkorlikdagi kompaniyalar birgalikda 8 million dona avtomobil sotgan. Ushbu sotilgan avtomobillarning katta qismini Nissan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mashinalar egallaydi. Nissan ushbu yilda 4.7 million dona, Renault 2.7 million dona, Rossiyaning Avtovaz kompaniyasi esa 600 000 dona hamkorlikdagi savdoda ulushga egalik qilgan. Yaponiayning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Toyota 2011 – yilda 7.8 million dona avtomobil sotishga erishgan.

     Agarda Renault-Nissan-Avtovaz kompaniyalarining alohida natijalariga nazar tashlaydigan bo’lsak, kompaniyalar orasida Nissan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mashinalarga jahon bozorida hamkorlikning boshqa kompaniyalariga nisbatan talab yuqori ekanligini ko’rishimiz mumkin.

     Bugungi kunda Yaponiya avtomobil kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mashinalarga jahon bozorida katta talabni ko’tish mumkin bo’ladi jumladan yuqorida keltirilgan iashlab chiqarish xajmi 1 milliondan ortiq bo’lgan 16 kompaniyaning 7 donasi Yaponiya kompaniyalari hisoblanadi va jahondagi eng kuchli 3 ta avtomobil kompaniyalarining biri hisoblangan Toyota ham Yaponiya kompaniyasi hisoblanadi. Lekin bir necha yil mobaynida kuzatilgan ayrim iqtisodiy inqiroz va tabiiy ofatlar sababli Yaponiya avtomobil sanoati katta ziyon ko’rdi. Shuningdek haridorlar tomonidan noroziliklarga sababchi bo’lgan ya’ni sotib olingan mashinalarning tehnik nosozliglari ham kompaniyalr budjetiga ziyon keltirdi.

Xulosa va takliflar

Yaponiya avtomobil sanoati mamlakatning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu sanoat xalqaro iqtisoadiy munosabatlarning rivojlanishi asosida shakllangan. Avtomobil sanoatidagi ishlab chiqarishning uzluksizligi va mahsulotlarning raqobatbardoshliligini ta’minlash maqsadida jahon miqyosidagi talab hamda bozorlarning mukammal darajada o’rganishga katta e’tibor berilgan. Umuman olganda avtomobil sanoti boshqa sanoatlarga nisbatan insonlar talabini keskin o’zgarib borishi natijasida shakllandi.

Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanishining ob’ektiv asosi bo’lib xo’jalik munosabatlari globallashuvining chuqurlashishi hamda tegishli milliy bozorlarning cheklangan imkoniyatlari o’rtasidagi raqobatning kuchayishi hisoblanadi. Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo’lib, Yapon xalqiga hos bo’lgan ishga mas’uliyat, mavjud resurs va zaxiralardan unumli foydalanish, milliy va jahon bozorlaridagi mavjud sof raqobat hisoblanadi. Biroq raqobat kurashi hamma vaqt ham smarali va nuqsonsiz emasdir. Shu sababli ushbu jarayonlarni bozor hamda davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi birgalikda olib boriladi. Davlat jahon bozorlari faoliyatiga inqirozli jarayonlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish maqsadida aralashadi. Yaponiya avtomobil sanoati yangi sharoitlarga moslashgan holda tinmay rivojlanib kelgan.

Информация о работе Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari