Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 26 Ноября 2014 в 00:26, курсовая работа

Краткое описание

Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi butun jahon iqtisodiyoti, siyosati va jamiyat tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va undagi o’zgarishlarga salmoqli ta’sir ko’rsata oladigan yirik sanoat Yaponiya avtomobil sanoati va uning rivojlanish yo’nalishlari xususida so’z yuritadi. Bu mavzuning muhimligi va ahamiyati shundaki, bugunki kunda Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanishi bosqichlari, avtomobil sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tajriba maktabi bo’la oladi. Shu bilan birgalikda o’zining katta imkoniyatlari hamda rivojlanganligi bilan jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsata oluvchi muhim subyektlaridan biriga aylandi.

Содержание

Kirish………………………………………………………………………..3
1 – bob. Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi…………..6
Urushgacha bo’lgan davrda Yaponiya avtotransporti (XX asrning 30 -
yillarigacha)………………………………………………………………..6
Urushdan so’ng avtomobil sanoatining rivojlanishi……………………..8
Zamonaviy Yaponiya avtomobil sanoati……………………………….14

2 – bob Yaponiya avtomobil eksporti va importi. Asosiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar…………………………………………..28
2.1 Yaponiya avtomobil eksporti va uning ko’rsatgichlari………………...28
2.2 Yaponiya avtomobil importi va uning ko’rsatgichlari…………………34
2.3 Asosoiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar……………………….38

3 – bob Yaponiya avtomobil kompaniyalarining faoliyati………….40
3.1 Toyota Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari……40
3.2 Honda Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari ……46
3.3 Nissan Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari …... 54


Xulosa va takliflar………………………………………………………….61
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………

Прикрепленные файлы: 1 файл

Yaponiya avtomobil sanoati (diplom ishi) (Автосохраненный)34 (2).docx

— 1.54 Мб (Скачать документ)

Dunyo bo’yicha avtomobil eksportining ko’tarilishi

    2010 –  yilda Yaponiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar eksporti oshgan. O’tgan yilga nisbatan taqqoslaganimizda, eksport xajmi Lotin Amerikasida 62.4 % ga, Osiyoda 51.3 % ga, Yevropada 36.7 %ga, O’rta Sharqda 36.4 %ga, Afrikada 30.0 %ga, Shimoliy Amerikada 25.2 %ga va Okeniya mamlakatlarida 22.4%ga o’sgan.   

2.2 - rasm.

2010 – yilda mintaqalarga nisbatan avtomobil eksporti


         Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan bilishimiz mumkunki Yaponiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun eng katta bozor Shimoliy Amerika hisoblanar ekan. 2010 – yilda jami 4,838,350 dona avtomobil eksport qilingan bo’lsa, shundan bu qit’aga 1,727,305 dona avtomobil eksport qilingan, shundan 1,531,026 donasi AQSH  bozoriga eksport qilingan. Keying o’rinlarda Yevropa va O’rta Sharq bozorlari turibdi, Yevropa ittifoqiga 2010 – yilda 936,496 ming dona avtomobil va O’rta Sharqga esa 583,684 ming dona avtomobil eksport qilingan.

2010 – yilda mototsikl eksporti.

2010 – yilda asosan eksport Lotin Amerikasi mamalakatlarida 55.1%ga, Okeaniyada 12.0%ga, Yevropada 8.1%ga va Afrikada 5.1 %ga o’sgan. Shimoliy Amerikada 41.8%, Osiyoda 21.8%, va O’rta Sharqda 1.8% Yaponiyada ishlab chiqarilgan mototsikllar rad qilingan. Shimoliy Amerika va Yevropa Yaponiya mototsikl eksport qildigan eng katta bozorlardan hisoblanadi. Bular har yili Yaponiyada ishlab chiqarilgan mototsikllarning 70 – 80 %ga haridor bo’lishar edi, lekin 2010 – yilda bu mamlakatlarga eksport 67.8 %ga qisqargan.

2.3 - rasm.

2010 – yilda mintaqalarga nisbatan mototsikl eksporti


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

    2010 – yilda mamalakatda ishlab chiqarilgan avtomobillar eksporti,  oldingi yilga nisbatan 33.8% ko’tarilib 4.84 million dona avtomobil eksport qilingan. Bu ko’rsatgichni avtomobillarning turlariga ko’ra taqsimlasak yengil avtomobillar eksporti 33.1% ga o’sib 4.27 million donaga yetgan. Yuk mashinalari eksporti 42.7% ga ko’tarilib shu yilda 450 000 dona yuk mashinalari mamlakatdan eksport qilingan. Shuningdek mamlakatda ishlab chiqarilgan avtobuslar eksporti ham 25.8% ko’tarilgan va yillik avtobuslar eksport hajmi 116 000 ga yetgan. Jami Yaponiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar eksporti qiymati 45.2% ga kengayib 140.8 mlrd AQSH dollarni tashkil qilgan va avto ehtiyot qismlar eksporti ham 39.6% ga o’sgan va uning qiymati 38.4 mlrd dollarni tashkil etgan.

    2011 – yilga kelib Yaponiya avtomobil eksporti O’tgan yilga nisbatan 7.8 %ga 4.46 million dona avtomobilgacha qisqargan. Yengil mashinalar eksporti 8.1 %ga qisqarib 3.93 million dona mashina eksport qilingan, yuk mashinalar eksporti holati 5.9 %ga 424,000 donaga tushib qolgan va avtobuslar eksporti 4.4 %ga qisqarib 111,000 donaga tushib qolgan. Ushbu yildagi avtomobil eksport o’tgan yilga nisbatan 0.5 %ga qisqarib 101.9 mlrd AQSH  dollarini tashkil etgan, mashina extiyot qismlari eksporti esa 4.8 %ga 40.2 mlrd AQSH dollarigacha ko’tarilgan, Jami avtomobil eksporti 2010 – yilga nisbatan 0.9 %ga ko’tarilgan bo’lib 2011 – yilda 142.1 mlrd dollarni tashkil qilgan.

     Yaponiya avtomobil eksport 2011 – yilda 2010 – yilga nisbatan mashinalarning eksport ko’rsatgichlari bo’yicha qisqargan bo’lsada, lekin 2010 – yilgi jami eksporti qiymatidan, ya’ni 45.2% ga kengayib 140.8 mlrd AQSH dollarni tashkil qilgan bo’lsa 2011 – yilga kelib bu ko’rsatgich 0.9 %ga kengayib 142.1 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2011 – yildagi eksport holatining ko’tarilishiga ushbu yilda avtomobil ehtiyot qismlariga jahon bozorida talabning ortganligi misol bo’la oladi.          

      Yuqorida keltirilgan 2011 – yil Yaponiya eksport ko’rsatgichlarini quyida keltiriladigan grafik orqali ko’rsatib o’tiladi:

        

 

 

      Bugungi kunda har bir mamlakat jahon iqtisodiyotidagi o’zining ulushini yanada orttirishga harakat qilmoqda.  Shunday ekan buning uchun mamlakatda ishlab chiqarilgan har bir mahsulotning raqobatbardoshliligi va sifat darajasini jahon standartlariga moslashtirish zarur hisoblanadi. Yaponiya tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar ilk bora “Toyota” kompaniyasi tomonidan 1957 – yilda Amerika Qo’shma Shtatlariga eksport amalga oshirilgan edi. Yaponiya avtomobil sanoatidagi eksportga nazar soladigan bo’lsak, bu ko’rsatgich нгйщкшdagi jadval orqali nomoyon bo’ladi.

2.2 - jadval

       1970 – 2010 – yillar davomida eksport qilingan avtomobillar soni11   

 

Yillar

Yengil avtomobillar

Yuk avtomobillari

Avtobuslar

Jami

 

(%)dagi o’zgarish

 

(%)dagi o’zgarish

 

(%)dagi o’zgarish

 

(%)dagi o’zgarish

1970

725,586

129.5

351,611

120.9

9,579

141.6

1,086,776

126.7

1975

1,827,286

105.8

833,673

95.3

16,653

104.3

2,677,612

102.3

1980

3,947,160

127.2

1,953,685

137.2

66,116

179.4

5,966,961

130.8

1985

4,426,762

111.2

2,238,104

108.0

65,606

116.7

6,730,472

110.2

1990

4,482,130

101.8

1,309,121

90.6

39,961

113.7

5,831,212

99.1

1995

2,896,216

86.2

849,859

82.8

44,734

60.8

3,790,809

85.0

2000

3,795,852

101.0

617,870

100.8

41,163

107.3

4,454,885

101.0

2001

3,568,716

94.0

552,892

89.5

44,481

108.1

4,166,089

93.5

2002

4,012,373

112.4

637,593

115.3

48,762

109.6

4,698,728

112.8

2003

4,080,498

101.7

630,254

98.8

45,591

93.5

4,756,343

101.2

2004

4,214,027

103.3

687,795

109.1

55,841

122.5

4,957,663

104.2

2005

4,363,168

103.5

611,956

89.0

77,937

139.6

5,053,061

101.9

2006

5,295,497

121.4

577,974

94.4

93,201

119.6

5,966,672

118.1

2007

5,811,959

109.8

616,450

106.7

121,531

130.4

6,549,940

109.8

2008

5,915,429

101.8

658,218

106.8

153,444

126.3

6,727,091

102.7

2009

3,208,639

54.2

315,507

47.9

92,022

60.0

3,616,168

53.8

2010

4,272,256

133.1

450,312

142.7

115,782

125.8

4,838,350

133.8

2011

3,929,904

91.9

423,767

94.1

110,742

95.6

4,464,413

92.2


     

Ushbu jadvalda avtomobil sanoatidagi eksport yildan yilga oshib borganligini ko’rishimiz mumkin. 1970 – yilda eksport qilingan avtomobillarning jami soni 1,086,776 ni tashkil qilgan bo’lsa, bundan 725,584 donasi yengil avtomobillar, 351,611 donasi yuk mashinalari, 9,579 donasi esa avtobuslardan tashkil topgan. Eksport xajmidagi asosiy o’sish 1975 – 1980 – yillar o’rtasiga to’g’ri kelib, 2,677,612 dona avtomobildan 5,966,961 donaga ko’tarilgan. Eksport xajmining kamayishi esa 2009 – yilda sodir bo’lgan. 2008 – yilda eksport qilingan mashinalar xajmi 6,727,091 donani tashkil qilgan bo’lsa, 2009 – yilga kelib bu raqam 3,616,168 donaga tushgan. Buning asosiy sababi Yaponiya avtomobillariga tashqi bozordagi talabning tushib ketishi emas balki, shu talabning tushishiga sababchi bo’lgan 2008 – yilda boshlangan “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi” sababchi hisoblanadi. 

2.4 - rasm.

2011 - yil Yaponiya Avtomobil eksporti avtomobillar turi bo’yicha


 

 

 

 

 

 

 

 

 

2.2 Yaponiya avtomobil importi va uning ko’rsatgichlari.

    

        2010 – yilda import qilinayotgan avtomobillar savdosi so’nggi 3 yilda ko’tarilgan bo’lib, ushbu yilda Yaponiyaga import qilingan avtomobillar savdosi 225,000 donani tashkil qilgan bo’lsa bu o’tgan yilga nisbatan 26.1% ga oshganligini bildiradi. Mamlakatda import qilingan yengil avtomobillar savdosi ham 27.0 % ga oshgan,  213,000 dona mana shunday avtomobillar savdosi amalga oshirilgan va boshqa rusumdagi avtomobillar (avtobuslar va yuk mashinalar),  10,9 % ga 12,000 donagacha ko’tarilgan. Mamlakatda foydalanilgan import mashinalar 2.3%ga 482,000 gacha ko’tarilgan, yengil mashinalar 2.15 ga qisqargan, yuk mashinalari esa 6.6%ga oshgan bo’lib 13,000 donaga ko’tarilgan. 

2.3 - jadval

     Avtomobil importi (CIF) yetkazib berish shartida12      100 million yen

 

Yillar

Avtomobillar

Jami import

 

O’zgarish(%)

Yengil va yuk mashinalar, avtobuslar

Avto extiyot qismlar

 

O’zgarish(%)

2001

10,390

105.2

7,814

2,576

424,155

103.6

2002

11,234

108.1

8,038

3,196

422,275

99.6

2003

11,799

105.0

8,279

3,520

443,620

105.1

2004

12,842

108.8

9,055

3,787

492,166

110.9

2005

13,353

104.0

9,149

4,204

569,494

115.7

2006

14,412

107.9

9,163

5,249

673,443

118.3

2007

15,586

108.1

9,294

6,291

731,359

108.6

2008

14,160

90.9

7,499

6,662

789,548

108.0

2009

8,245

58.2

4,549

3,696

514,994

65.2

2010

10,836

131.4

5,957

4,879

607,650

118.0

2011

12,069

111.4

7,352

4,717

681,112

112.1



              

Yuqorida keltirilgan jadvalda mamlakatga CIF yetkazib berish shartiga (Inco terms) asosan import qilingan avtomobillar miqdori yillar bo’yicha va foizlardagi o’zgarishlari orqali keltirilgan. 2001 – yilda huddi shunday shart asosida 10,390 dona avtomobil import qilinmgan bo’lib bundan 7,814 donasi yengil va yuk mashinalari, 2,576 donasi esa ehtiyot qismlar tarzida mamlakatga import qilingan. Bu holat 2011 – yilga kelib 12,069 donani tashkil qilib bundan 7,352 donasi yengi va yuk mashinalar, 4,717 donasi esa extiyot qismlar tarzida import qilingani qayd etilgan.

2.5 – rasm.

2011 –  yilda Asosiy tovarlar importi (CIF)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

          Ushbu grafikda Yaponiyaga 2010 – yilda import qilingan asosiy tovarlar ro’yxati tasvirlangan bo’lib shu bilan bir qatorda avtomobillar va extiyot qismlarning importi transport vositalari bo’limida keltirilgan. Mamlakat eksportida transport vositalari va avtomobillar eksportining yuqori ekanligini ko’rdik. Transport vositalarining importi esa mamalakat importida atigi 2.8 % ni tashkil qilgan. Buning 1.8% avtomobillar (mototsikllar va ehtiyot qismlar) importi hisoblanadi. Bu alabatta mamlakatda import tovarlaning o’rnini bosuvchi maxsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor berilganligini bildiradi.  Bu yilda transport vositalari 1trln 68 mlrd yenlik import qilingan, shuning 1 trln 80 mlrd avtomobillar importiga tegishli.

     Shu bilan bir qatorda mamlakatga oziq – ovqat maxsulotlari, yarim tayyor maxsulotlar, mineral yoqilg’ilar (neft va neft maxsulotlari), kimyoviy maxsulotlar, rangli metal va boshqa maxsulotlar import qilinadi. 

           2001 – yildan 2010 – yilga qadar import qilingan avtomobillar va extiyot qismlar 100 million yen birlikni tashkil qilgan.  2001 – yilda mamlakatga 1 trln yendan ortiq qiymatdagi avtomobillar va extiyot qismlar import qilingan, bu oldingi yilga nisbatan 5.2 % ko’p miqdorda mana shunday tovarlar import qilinganini bildiradi.

         Mamalakat avtomobillar importi 2007 – yilda boshqa yillarga nisbatan maksimal darajaga yetgan ya’ni 15 trln yendan ortiq qiymatdagi avtomobillar va extiyot qismlar import qilingan. Lekin 2009 – yilga kelib jahon moliyaviy inqirozi tufayli mamlakat importi bazis yilga nisbatan 41.8% ga tushib ketgan. Aslida inqiroz 2008 – yilda mamalakat importini bazis yildan past ko’rsatgichga tushishida olib kelgan. Bu yilda import  9.1% ga qisqarib 90.9 % li natijga olib kelgan edi. 2010 – yilga kelib mamlakatdagi barcha sohalar qayta jonlanadi va import ham yanada ortadi. Bu yilda esa mamlakat importi oldingi yilga nisbatan 73.25 ga o’sgan.

Sanoat sektorlarining asosiy yuklari (Kemalarda)

     2009 – yilda mamlakatdagi barcha sanoat yuklarining 15.3 % ni avtomobil yuklari tashkil qilgan va 34.9 % esa mashina sanoatining aralash yuklari bo’lgan. Avtomobil yuklari (maxalliy va eksport yetkazmalar, motosikllar, avto extiyot qismlar va boshqalar) shu yilda 40.5 trillion yenni tashkil qilgan bo’lsa bu o’tgan yilga nisbatan 28.5 % past natijaligi kuzatilgan.

2.6 - rasm.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Avtomobil sanoati yuklarini tashishda zarar yetilishi

  • Avtomobillar (mototsikllarni qo’shib hisoblaganda) – 166,038
  • Avto ehtiyot qismlar va traylerlar – 3,870
  • Avtomobil bo’laklari va uskunalar – 235,007

Avtomobil eksport va importi

      2010 – yilda Yaponiyaning yalpi eksporti va importi o’tgan yilga nisbatan 24.4 % ga va 18 %ga oshgan. Yetkazib berish shartlariga ko’ra esa, avtomobillar eksporti 34.5% ga 12.6 trillion yenga kengaygan, avtomobil va ehtiyot qismlar eksporti ko’tarilgan lekin mototsikllar eksportida esa kamayish kuzatilgan. Avtomobillar importi ham yildan - yilga ko’tarilgan bo’lib 34.5 %ga yetgan bu 12.6 trln yen demakdir, shuningdek ikkala turdagi avtomobillar va ularning ehtiyot qismlari importi ham ko’tarilgan.

2.3 Asosoiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar

2.7 - rasm.

Asosiy ishlab chiqarish sektorlarida ilmiy izlanish va tadqiqotlarga kiritilgan

                                     investitsiyalar.13                       - 100 mln yen


 

 

 

 

 

 

 

       Ushbu grafik asosiy ishlab chiqarish sektorlarida ilmiy izlanish va tadqiqotlarga kiritilgan investitsiyalarni haqida ma’lumot beradi. Grafikda ko’rinib turibdiki avtomobil sohasida ilmiy tadqiqot ishlariga Yaponiyada katta e’tibor beriladi. Yashil rangli bo’limda Transport vositalariga kiritilgan mablag’ jami investitsiyaning 19 % tashkil qilmoqda. Buning 18.5 % avtomobil ishlab chiqarishdagi tadqiqot ishlariga ajratilgan.

2.8 - rasm.

Asosiy ishlab chiqarish sektorlaridagi asbob uskunalar uchun investitsiyalar14

*100 mln yen

 

 

 

 

 

 

 

 

         Quyidagi grafik orqali Yaponiyada asosiy sohalarga yo’naltirilayotgan investitsiyalar foizlar orqali keltirilgan.  Jami ishlab chiqarish sektorlariga yo’naltirilgan investitsiyalar miqdori 3 trln yendan oshiq bo’lsa shuning 16 % avtomobil ishlab chiqarish sektorlariga jalb qilingan. Qolgan sohalar ham davlat uchun muhom ahamiyatga ega bo’lgan sektorlar hisoblanadi shu bilan birgalikda avtomobil sanoatiga tarmoqdosh soha ham hisoblanadi. Avtomobil ishlab chiqarishga kiritilayotga investitsiya miqdori 525 mlrd yendan ortiqroq. Yuqoridagi grafikda keltirilgan ma’lumotlar Yaponiyaning 2010 – moliyaviy yil hisobidan keltirilgan.

 

 

 

3 – BOB Yaponiya avtomobil kompaniyalarining faoliyati.

 

3.1 Toyota Motor Komaniyasininng faoliyati faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari

 

Toyota Motor Corporation (トヨタ自動車株式会社 Toyota Dzidotsiya kabusikigaysya), Toyota - Yaponiyaning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi korporatsiyalaridan biri bo’lib, shuningdek moliyaviy xizmatlar va biznesning bir -nechta yo’nalishlari bo’yicha o’zining hizmatlarini taqdim qiluvchi korporatsiyalardan biri hisoblanadi. Toyota Motor Corporation Toyota Group ning asosiy a’zolaridan biri bo’lib TOYOTA brendi nomi ostida faoliyat yuritadi. Toyotaning asoschilaridan biri Kiiiro Toyoda 1929 – yilda AQSH va Yevropaga avtomobil sanoatini o’rganish maqsadida safar uyushtiradi va 1930 – yilda benzin bilan ishlovchi divigatelli avtomobillar ishlab chiqararishni rejalashtiradi. Korporatsiya o’zining ilk faoliyatini 1933 - yilda Avtomat to’quv mashina(stanok)lari ishlab chiqarish bo’limida Kiichiro Toyoda boshchiligida boshlaydi. Ilk bor 1957 – yilda Toyota o’zining avtomobillarini Amerikaga eksport qiladi, bu nafaqat Toyotaning balki Yaponiyaning ham Amerika qit’asiga eksport qilayotgan ilk avtomobili edi. Korporatsiyaning eng tez rivojlanish davri 1960 – yillarga to’gri keladi, aynan shu yillarda Toyota markasi ostida chet elda ilk bor 1963 – yil Avstraliyaning Melburn shahrida avtomobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan edi. 2007 – yilning 1 – kvartalida Toyota Motor o’zining avtomobillarini General Motorsdan ko’ra ko’proq sotishga erishadi, 76 – yil mobaynida dunyodagi eng ko’p avtomobil sotgan kompaniya GM boshqa yirik Amerika kompaniyalari singari inqirozga yuz tuta boshlagan edi. Shu yilning 24 – aprelida kompaniya o’zidan 2.37 mln dona avtomobil chiqganligini va ulardan 2.35 mln donasi sotilganligini ma’lum qiladi. GM dab u ko’rsatkichlar bo’yicha 2.34 mln dona avtomobil ishlab chiqarilgan va ulardan 2.26 mln donasi sotilgan edi. 2008 – yil kompaniyaning eng yirik aksiyadorlari:

  • The Master Trust Bank of Japan (6,29 %)
  • Japan Trustee Services Bank (6,29 %)
  • Toyota Industries Corporation (5,81 %)

Kompaniya Toyota, Lexus, Scion, Daihatsu, Hino brendlari ostida yo’lovchi, yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradi. 2007 – 2008 – moliyaviy yil 2008 – yil 31 – martda tugatilib, bu yilda kompaniyada 9.37 mln dona mashina ishlab chiqariladi. Toyotaning  2008 – yilgi daromadi $204,352 mlrd dollarni tashkil qilib, sof foydasi esa $-4,349 Mlrdni tashkil qilgan.

Информация о работе Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari