Автор работы: Пользователь скрыл имя, 26 Ноября 2014 в 00:26, курсовая работа
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi butun jahon iqtisodiyoti, siyosati va jamiyat tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va undagi o’zgarishlarga salmoqli ta’sir ko’rsata oladigan yirik sanoat Yaponiya avtomobil sanoati va uning rivojlanish yo’nalishlari xususida so’z yuritadi. Bu mavzuning muhimligi va ahamiyati shundaki, bugunki kunda Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanishi bosqichlari, avtomobil sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tajriba maktabi bo’la oladi. Shu bilan birgalikda o’zining katta imkoniyatlari hamda rivojlanganligi bilan jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsata oluvchi muhim subyektlaridan biriga aylandi.
Kirish………………………………………………………………………..3
1 – bob. Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi…………..6
Urushgacha bo’lgan davrda Yaponiya avtotransporti (XX asrning 30 -
yillarigacha)………………………………………………………………..6
Urushdan so’ng avtomobil sanoatining rivojlanishi……………………..8
Zamonaviy Yaponiya avtomobil sanoati……………………………….14
2 – bob Yaponiya avtomobil eksporti va importi. Asosiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar…………………………………………..28
2.1 Yaponiya avtomobil eksporti va uning ko’rsatgichlari………………...28
2.2 Yaponiya avtomobil importi va uning ko’rsatgichlari…………………34
2.3 Asosoiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar……………………….38
3 – bob Yaponiya avtomobil kompaniyalarining faoliyati………….40
3.1 Toyota Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari……40
3.2 Honda Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari ……46
3.3 Nissan Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari …... 54
Xulosa va takliflar………………………………………………………….61
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………
Ushbu jadvalda yangi avtomobillarni ro’yhatga olish ko’rsatgichi mamlakatlar va jahon bo’yicha 2009 – 2010 – yillardagi holatlar berilgan. 2009 – yilda Yaponiyada yangi avtomobillarning ro’yhatga olish ko’rsatgichi 4,609,256 donani tashkil qilgan bo’lsa, 2009 – yilda 4,956,136 donaga tushgan, buning sababi sifatida bu yillar mobaynida kuzatilgan iqtisodiy inqirozni ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Bundan tashqari mamlakatda boshqa turdagi avtomobillar ham ro’yhatga olingan bo’lib 2009 – yilda 685,515 ta avtomobil, bu yilda jami (yengil avtomobillarni qo’shib hisoblaganda) ro’thatga olingan avtomobillar soni 4,609,256 donani tashkil qilgan, 2010 – yilda 4,956,136 donaga ko’tarilgan. Jahonda ham ro’yhatga olingan avtomobillar soni tushganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi misol uchun 2009 – yilda jami ro’yhatga olingan avtomobillar soni 60,763,316 donani tashkil qilgan, 2010 – yilda 69,452,656 donani tashkil qilib 8,689,340 donaga ko’tarilgangan. Yuqorida biz ushbu holatga bu yillarda kuzatilgan iqtisodiy inqirozni sabab sifatida keltirdik, albatta bu inqiroz tufayli avtomobillarga bo’lgan talab tushgan va ishlab chiqarish ham o’z navbatida pastlagan bu holatlar kuzatilgandan so’ng esa avtomobillarni ro’yhatga olish ham pastlagan.
Jahoda eng ko’p ro’yhatga olinga avtomobillar soni Xitoyda kuzatilgan bo’lib 2009 – yilda 13,627,093 ta avtomobil ro’yhatga olingan, boshqa mamlakatlardan farqli Xitoyda 2010 – yilda o’sish kuzatilgan bo’lib 18,061,936 dona avtomobil ro’yhatga olingan. Avtomobillarno ro’yhatga olida keyingi o’rinni esa AQSH egallagan bo’lib 2009 – yilda 10,601,368 dona avtomobil ro’yhatga olingan, jumladan buning 5,456,246 donasi yengil avtomobillar hisoblanadi. 2010 – yilda ro’yxatga olingan avtomobillar soni 11,772,220 tani tashkil qilgan, odingi yilga nisbatan bu yilda pastlash kuzatilgan.
2009 – yilda yangi avtomobillarni ro’yhatga olish (mototsikllarni qo’shib hisoblaganda) qisqargan bo’lib, umumiy holatda 65.04 mln dona yangi avtomobil ro’yxatga olingan, bu esa o’tgan yilga nisbatan 4.5% ga qisqargan. Avtomobil savdosi Xitoyda (13.63 mln donaga yoki 45.3% ga), Janubiy Koreyada (1.39 mln donaga yoki 20.7% ga), Germaniyada (4.05 mln donaga yoki 18.2% ga), Hindistonda (2.26 mln donaga yoki 14.3 % ga), Braziliyada (3.14mln donaga yoki 11.4 % ga) va Fransiyada (2.72 mln donaga yoki 4.0 % ga) ko’tarilgan. Boshqa davlatlarda esa bu holat aksincha ya’ni yangi ro’yhatga olingan avtomobillar soni o’tgan yilga nisbatan Rossiyada (1.55 mln donaga yoki 49.7 % ga), AQSHda (10.60 mln donaga yoki 21.4 % ga), Ispaniyada (1.07 mln donaga yoki 21.2 % ga), Kanadada (1.48 mln donaga yoki 11.4 % ga), Birlashgan Qirollikda (2.22 mln donaga yoki 10.6 % ga), Yaponiyada (4.61 mln donaga yoki 9.3 % ga ) va Italiyada (2.36 mln donaga yoki 2.9 5 ga) pastlagan. 2009 – yilda butun dunyoda foydalanilayotgan avtomobillar (mototsikllarni qo’shib hisoblaganda) soni 965.3 mln donani tashkil qilgan, ekvivalentini ko’radigan bo’lsak har 1,000 odamga 141 ta avtomobil yoki bir avtomobilga 7.1 kishi to’gri kelgan. Ushbu yilda barcha mamlakatlarda 200 mlnga yaqin mototsikllardan doimiy foydalanuvchilar hisoblab chiqilgan. Asosan mototsikllardan eng ko’p foydalanuvchilarning katta qismi Malayziya va Vetnamga to’g’ri keladi, bu mamlakatlarda har uch odamning biri mototsikldan foydalanadi, Taylandda har 4 odamning biri, Indoneziyada har 5 odamning biri motosikllardan foydalanadi. Bu ko’rsatgich Yaponiya va Italiyada teng bo’lib har 10 odamning biri mototsikllardan foydalanadi.
Mamlakatda foydalanilayotgan avtomobillar soni
2011 – yil dekabr oyining ohirida Yaponiyada foydalanilayotgan avtomobillar soni (mototsikllarni qo’shib hisoblaganda) 75.5 million dona avtomobilni tashkil qilgan, bu o’tgan yilga foydalanilayotgan avtomobillar 0.2 %ga o’sganligini bildiradi. Foydalanilayotgan yengil avtomobillar soni 0.6 %ga 58.7 million donaga yetgan, bundan, standart va mini yengil avtomobillar esa 0.9 %ga va 2.8%ga o’sib, 17.0 nillion va 18.5 million dona avtomobilga yetgan, lekin kichik o’lchamdagi mashinalardan foydalanish 1.4 %ga pastlab 23.1 million donaga tushib qolgan. Shuningdek foydalanilayotgan yuk mashinalari 2010 – yilga nisbatan 2.1%ga o’sib 15.0 million dona va avtobuslardan foydalanish 2.1 %ga qisqargan bo’lib 226,000 donani tashjil qilgan. Yaponiyada 2011 – yilda avtomobillardan o’rtacha foydalanish yili yengil avyomobillarga 12.43 yil, Yuk mashinalari uchun 13.04 yil, va avtobuslarning xizmat yili 17.37 yilni tashkil qilgan.
1.5 - jadval
Yaponiyada foydalanilayotga avtomobillar soni, yillar bo’yicha tendensiyalari
Yillar |
Yengil avtomobillar |
Yuk avtomobillari |
Avtobuslar |
Jami | ||||
(%)dagi o’zgarish |
(%)dagi o’zgarish |
(%)dagi o’zgarish |
(%)dagi o’zgarish | |||||
1970 |
8,778,972 |
126.6 |
8,281,759 |
107.1 |
187,980 |
110.5 |
17,581,843 |
116.2 |
1975 |
17,236,321 |
108.7 |
10,043,853 |
98.9 |
226,284 |
101.7 |
28,090,558 |
104.9 |
1980 |
23,659,520 |
104.4 |
13,177,479 |
104.8 |
230,020 |
100.4 |
37,856,174 |
104.5 |
1985 |
27,844,580 |
102.6 |
17,139,806 |
105.5 |
231,228 |
100.5 |
46,157,261 |
103.7 |
1990 |
34,924,172 |
107.1 |
21,321,439 |
101.1 |
245,668 |
101.6 |
57,697,669 |
104.7 |
1995 |
44,680,037 |
104.7 |
20,430,149 |
98.9 |
243,095 |
99.1 |
66,853,500 |
102.8 |
2000 |
52,437,375 |
102.5 |
18,225,508 |
97.8 |
235,483 |
99.9 |
72,649,099 |
101.3 |
2002 |
54,539,839 |
101.9 |
17,480,424 |
97.8 |
233,405 |
99.4 |
73,989,350 |
100.8 |
2003 |
55,212,590 |
101.2 |
17,080,374 |
97.7 |
231,818 |
99.3 |
74,214,411 |
100.3 |
2004 |
55,994,050 |
101.4 |
16,780,848 |
98.2 |
230,934 |
99.6 |
74,655,518 |
100.6 |
2005 |
57,090,789 |
102.0 |
16,733,871 |
99.7 |
231,733 |
100.3 |
75,686,455 |
101.4 |
2006 |
57,521,043 |
100.8 |
16,499,410 |
98.6 |
231,681 |
100.0 |
75,859,068 |
100.2 |
2007 |
57,623,753 |
100.2 |
16,274,267 |
98.6 |
230,928 |
99.7 |
75,714,821 |
99.8 |
2008 |
57,864,972 |
100.4 |
15,896,502 |
97.7 |
230,681 |
99.9 |
75,528,315 |
99.8 |
2009 |
58,019,853 |
100.3 |
15,560,825 |
97.9 |
228,397 |
99.0 |
75,324,486 |
99.7 |
2010 |
58,347,387 |
100.6 |
15,284,625 |
98.2 |
227,271 |
99.5 |
75,361,876 |
100.0 |
2011 |
58,670,314 |
100.6 |
14,970,422 |
97.9 |
225,948 |
99.4 |
75,512,887 |
100.2 |
Yuqorida keltirilgan jadvalda 1970 – yildan 2011 – yilgacha mamalakatda foydalanilayotgan avtomobillar soni yillar tendensiyalarida keltirilgan. 1970 – yilda mamlakatda foydalanilgan avtomobillar soni 8,778,972 donani tashkil qilgan bo’lib o’tgan yilga nisbatan 126.6 %ni tashkil qilgan. Ushbu yildagi yuk mashina va avtobuslar 8,281,759 va 187,980 donani tashkil qilgan bo’lib o’tgan yilga nisbatan esa 107.1 %ni va 110.5 %ni tashkil qilgan. Ushbu yildagi jami foydalanilgan avtomobillar soni 17,581,843 doanani tashkil. 1975 – yillida foydalanilgan yengil avtomobillar 1970 – yilga nisbatan 2 abrobarga oshgan, yuk avtomobillar soni esa 8,281,759 dan 10,043,853 ga ko’tarilgan. 2000 – yilga kelib Yaponiyadagi foydalanilayotgan yengil avtomobillar 52,437,375 donaga yetgan bo’lsa, yuk mashinalari 18,225,508 donani tashkil qilgan bo’lsa o’tgan yilga nisbatan 1.0 %ga pasaygan, ushbu yilda foydalanilayotgan jami avtomobillar 72,649,099 donani tashkil qilgan. 2002 – yilga kelib mamlakatdagi jami avtomobillar soni 73,989,350 donaga yetgan bo’lib, bundan yengil avtomobillar 54,539,839 donani bu o’tgan yilga nisbatan 101.9 %ni tashkil qilgan, yuk mashinalari esa 17,480,424 donani tashkil qilgan, avtobuslar 233,405 тш tashkil qilgan. 2005 – yilda foydalanilayotgan mashinalar soni 75,686,455 dona avtomobilga yetgan bo’lib buning 57,090,789 donasi yengil avtomobillarni, 16,733,871 tasi esa yuk mashinalarini tashkil qilgan. 2009 – yilga kelib foydalanilayotgan yengil mashinalar soni 58,019,853 donani, yuk mashinalari 15,560,825, avtobuslar esa 228,397 donaga yetgan bo’lib bu avtomobillarning jami shu yilda 75,324,486 donaga yetgan. 2010 – yilda 2009 – yilga nisbatan yengil avtomobillardan foydalanish 327,534 donga oshgan bo’lsa, yuk mashinalaridan foydalanish 76,200 donaga pastlagan, avtobuslar natijasiga ko’ra ushbu yilda ulardan foydalanish 2009 – yilga nisbatan 1,126 donaga pastlagan va jami foydalanilgan mashnalar soni bu yilda yengil mashinalarning ortishi sababli ko’paygan bo’lib o’tgan yilga nisbatan 37,390 dona avtomobilga ko’p foydalanilgan. 2011 – yilda ham yengil mashinalar soni 2010 – yilga nisbatan ortgan bo’lib 322,927 dona yengil avtomobil foydalanilishga qo’shilgan.
1.2 - rasm.
2010 – Yilda yangi avtomobillarni ro’yxatga olish (turi bo’yicha).
Yangi va foydalanilgan avtomobillar savdosi.
2010 – yilda Yaponiya bozorlaridagi avtomobillar savdosi so’ngi 5 yil mobaynida maksimal darajada ko’tarilgan. Yengil mashinalar va boshqa turdagi mashinalar talabi 2010 – yilda Yaponiyada 4.96 million dona avtomobillarni tashkil qilgan, bu o’tgan yilga nisbatan 7.5%lik o’sishni ko’rsatadi.
Yengil avtomobillar savdosi 7.4 %ga, 4.21 milloin dona avtomobilga yetgan, asosiy o’sish segmenti standart avtomobillarga to’g’ri kelmoqda, bunda 22.4%ga yetib 1.42 million dona avtomobillarni tashkil qilgan, kichik o’lchamdagi mashinalar esa 1.9 % ga o’sib, 1.51 million donaga yetgan va mini turdagi avtomobillar esa 0.1 %ga ko’tarilib, 1.29 million avtomobillarga yetgan. Shuningdek Yuk mashinalar va avtobuslar savdosi 8.6 %ga va 1.6%ga o’sib, 731,000 va 13,000 donaga yetgan.
Foyadalanilgan avtomobillar savdosi.
2010 – yilda foydalanilgan avtomobillar savdosi o’tgan yilga nisbatan 2.4 %ga qisqarib 6.54 million donaga tashkil qilgan, foydalanilgan yengil avtomobillar savdosi esa 1.1 %ga kamayib 5.28 million donaga tushgan. Ushbu kategoriydagi, Standart yengil avtomobillar esa 1.7 %ga tushib sotilgan mana shunday avtomobillar miqdori 1.59 donani tashkil qilgan va kichik o’lchamdagi avtomobillar 2.1 %ga pasayib 1.82 million dona avtomobil sotilgan, lekin Mini rusumdagi avtomobillarga bo’lgan talab 0.5 %ga ortib sotilgan avtomobillar miqdori esa 1.87 million donani tashkil qilgan. Shuningdek foydalanilgan yuk avtomobillar savdosi ham qisqargan bo’lib 2009 – yilga nisbatan 7.4 %ga qisqarib 1.87 million dona shu rusumdagi avtomobillar sotilgan va foydalanilgan avtobuslar savdosi ham 7.4 %ga qisqargan bo’lib 14,000 donani tashkiln qilgan.
1.6 - jadval
Foydalanilgan avtomobillar savdosining yillar bo’yicha tendensiyasi
Yillar |
Yengil avtomobillar |
Yuk avtomobillari |
Avtobuslar |
Boshqalar |
Jami |
|||||
(%)dagi o’zgarish |
(%)dagi o’zgarish |
(%)dagi o’zgarish |
(%)dagi o’zgarish |
(%)dagi o’zgarish | ||||||
1985 |
3,811,968 |
100.9 |
1,854,325 |
108.3 |
11,655 |
103.1 |
44,620 |
116.7 |
5,722,568 |
103.3 |
1990 |
4,554,061 |
106.2 |
2,487,980 |
102.1 |
13,377 |
98.3 |
54,118 |
107.3 |
7,109,536 |
104.7 |
1995 |
5,566,646 |
106.6 |
2,281,485 |
102.2 |
13,327 |
105.4 |
84,409 |
119.1 |
7,945,867 |
105.4 |
2000 |
6,241,419 |
104.8 |
1,783,851 |
99.1 |
15,173 |
102.7 |
173,475 |
105.2 |
8,213,918 |
103.5 |
2002 |
6,321,125 |
100.4 |
1,669,278 |
97.5 |
17,064 |
103.6 |
159,825 |
93.9 |
8,167,292 |
99.7 |
2003 |
6,360,313 |
100.6 |
1,662,591 |
99.6 |
17,392 |
101.9 |
154,971 |
97.0 |
8,195,267 |
100.3 |
2004 |
6,287,192 |
98.9 |
1,561,238 |
93.9 |
17,240 |
99.1 |
136,242 |
87.9 |
8,001,912 |
97.6 |
2005 |
6,353,127 |
101.0 |
1,589,552 |
101.8 |
18,871 |
109.5 |
144,910 |
106.4 |
8,106,460 |
101.3 |
2006 |
6,297,534 |
99.1 |
1,613,557 |
101.5 |
20,643 |
109.4 |
135,130 |
93.3 |
8,066,864 |
99.5 |
2007 |
5,938,584 |
94.3 |
1,458,777 |
90.4 |
16,418 |
79.5 |
116,317 |
86.1 |
7,530,096 |
93.3 |
2008 |
5,668,189 |
95.4 |
1,389,357 |
95.2 |
16,193 |
98.6 |
104,516 |
89.9 |
7,178,255 |
95.3 |
2009 |
5,339,315 |
94.2 |
1,248,532 |
89.9 |
15,293 |
94.4 |
95,452 |
91.3 |
6,698,592 |
93.3 |
2010 |
5,282,272 |
98.9 |
1,155,823 |
92.6 |
14,163 |
92.6 |
87,238 |
91.4 |
6,539,496 |
97.6 |
2011 |
5,182,656 |
98.1 |
1,171,639 |
101.4 |
13,849 |
97.8 |
82,007 |
94.0 |
6,450,151 |
98.6 |
Jadvalda 1985 – 2011 – yillar oralig’ida mamlakatda foydalanilgan avtomobillarni qayta savdoga kiritilishi miqdorlar va mashinalarning turi bo’yicha keltirilgan. 1985 – yilda foydalanilgan avtomobillar savdosi jami 5,722,568 donani tashkil qilgan bo’lib, bu o’tgan yilga nisbatan 103.3 %ni tashkil qilgan, bundan 3,811,968 donasi yengil mashinalarga tegishli bo’lib bu o’tgan yilga nisbatan 100.9 %li o’sishni tashkil qilgan, yuk mashinalar savdosida qayt etilgan natijaga ko’ra 1,854,325 donani tashkil qilgan va avtobuslar holatiga e’tibor beradigan bo’lsak bu yilda ularning savdosi 11,655 donani tashkil qilgan bo’lib bu o’tgan yilga nisbatan 103.1 %ni tashkil qilgan. Boshqa turdagi mashinalar savdosi esa 44,620 donani tashkil qilgan. 2000 – yilga kelib mamlakatdagi foydalanilgan avtomobillar savdosi yengil mashinalar bo’yicha 6,241,419 donani tashkil qilgan bo’’lib bu o’tgan yilga nisbatan 104.8 %ni tashkil qilgan, ushbu yilda yuk mashinalarining umumiy miqdori 1,783,851 donani tashkil qilgan bo’lib 1995 - yilga nisbatan 2.9 %ga kamaygan, bu yildagi avtobuslar savdosi ham 1995 – yilga nisbatan 2.7 %ga kamaygan bo’lsada miqdoran 13,327 dan 15,173 ga yetgan. Boshqa turdagi mashinalar savdosi 173,475 donaga yetgan bu holat 1995 – yilga ko’ra 84,409dan teng barobar o’sishni ko’rsatadi. 2000 – yildagi jami foydalanilgan avtomobillar savdosi 8,213,918 donani tashkil qilgan.
2002 – yilda mamlakatdagi foydalanilgan avtomobillarning savdosi jami miqdori 8,167,292 donani tashkil qilib, bu 2000 – yilga nisbatan 4 %ga pasayganligini bildiradi. Ushbu yilda yengil mashinlara savdosi 6,321,125 donani tashkil qilgan bo’lib, 1,669,278 dona yuk mashinalari, 17,064 dona avtobuslar va 159,825 donasini boshqa turdagi transport vositalarining savdosi tashkil qilgan. 2007 – yilga kelib Yaponiyadagi foydalanilgan avtomobillar savdosi 2006 – yilga nisbatan qariyib 500 ming donaga qisqargan, foydlanilgan avtomobillar savdosining qisqarishi 2011 – yilga qadar davom etib kelgan. 2011 – yilda jami savdo 6,450,151ni tashkil qilgan bo’lsa, bundan 5,182,656 donasini yengil avtomobillar tashkil qilib 2010 – yil holatiga ko’ra 0.9 %ga kamaygan. Yuk mashinalar 1,171,639 donani tashkil qilib o’tgan yilga nisbatan 8.2 %ga o’sgan.
2 – bob Yaponiya avtomobil eksporti va importi. Asosiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar.
2.1 Yaponiya avtomobil eksporti va uning ko’rsatgichlari.
XX asrning boshlarida hozirgi Yaponiya Iqtisodining yetakchi tarmog’i ya’ni “lokomotivi” hisoblangan avtomobil sanoati kirib keldi. Bugungi kunga kelib esa bu soha yirik bir sanoat sifatida nafaqat Yaponiya balki butun dunyo iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega hisoblanib kelmoqda. Sanoatning ushbu tarmog’i bo’yicha jahonda yirik Transmilliy Kompaniyalar o’z faoliyatini olib bormoqda.
Yaponoya avtomobil kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar ham jahon bozorlarida o’z o’rniga ega hisoblanadi. Kompaniyalar tomonidan 1970 – yilda 1,086,776 dona avtomobila eksport qilingan bo’lsa, 1980 – yilga kelib bu ko’rsatgich 5,966,961 donani 1985 – yilga kelib esa 6,730,472 ta avtomobil eksport qilingan. Ushbu eksport qilingan avtomobillarning tarkibiy qisimiga e’tibor be’radigan bo’lsak 1980 – yilda eksport qilinga avtomobillarining 3,947,160 donasi yengil avtomobillar tashkil qilgan, 1985 – yilda esa 4,426,762 tasini mana shunday avtomobillar tashkil qilgan. 2008 – yilda kuzatilgan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sababli shu yili eksport qilingan 6,727,091 dona avtomobil 2009 – yilga kelib 3,616,168 donani tashkil qilgan. 2010 – yilga kelib Yaponiya avtomobillariga jahon bozorida yana talab shganligini ko’rishimiz mukin bo’ladi, bu yilda mamlakatdan eksport qilingan avtomobillar soni 4,838,350 donani tashkil qilgan. Ushbu eksport qilingan avtomobillarning 90 – 95 % ini yengil avtomobillat tashkil qilib kelmoqda. Ushbu bobda Yaponiya avtomobil kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning eksport ko’rsatgichi, ularning yetkazib berish shartlariga ko’ra va mamlakatga kirib kelayotgan avtomobillarning importini turli jadvallar va grafiklar orqali yoritib o’tamiz. Shuningdek ushbu sanoatning rivojlanishi va faoliyatiga bevosita bog’liq bo’lgan ayrim sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar haqida ham ma’lumotlar keltirib o’tamiz.
2.1 - rasm.
2010 - yilda Asosiy tovarlarning eksporti (FOB)8 9
2.1 – jadval
Avtomobil eksporti jadvali (FOB) yetkazib berish shartida 10
Yillar |
Avtomobillar |
Jami eksport | |||||
O’zgarish(%) |
Yengil va yuk mashinalar, avtobuslar |
Avto extiyot qismlar |
Mototskllar va extiyot qismlar |
O’zgarish(%) | |||
2001 |
97,802 |
103.4 |
72,108 |
18,804 |
6,891 |
489,792 |
94.8 |
2002 |
115,675 |
118.3 |
87,746 |
21,172 |
6,757 |
521,090 |
106.4 |
2003 |
118,363 |
102.3 |
88,950 |
22,998 |
6,415 |
545,484 |
104.7 |
2004 |
124,773 |
105.4 |
92,142 |
25,617 |
7,014 |
611,700 |
112.1 |
2005 |
135,132 |
108.3 |
99,288 |
28,006 |
7,839 |
656,565 |
107.3 |
2006 |
161,795 |
119.7 |
122,995 |
30,227 |
8,573 |
752,462 |
114.6 |
2007 |
185,267 |
114.5 |
143,170 |
33,555 |
8,543 |
839,314 |
111.5 |
2008 |
175,126 |
94.5 |
137,361 |
30,655 |
7,110 |
810,181 |
96.5 |
2009 |
93,679 |
53.5 |
66,933 |
23,089 |
3,657 |
541,706 |
66.9 |
2010 |
125,956 |
134.5 |
91,741 |
30,833 |
3,382 |
673,996 |
124.4 |
2011 |
115,417 |
91.6 |
82,042 |
29,972 |
3,403 |
655,465 |
97.3 |
Yuqoridagi jadvalda Yaponiyaning 2010 – yildagi FOB (Free on board) usulida avtomobil eksporti keltirilgan. 2001 – yilda yengil va yuk mashinalari hamda avtobuslar eksporti 3.4% ga o’sgan. 2008 yilga kelib esa jahon moliyaviy inqirozi sababli ko’rsatgichlar bazis yilga nisbatan 5.5% ga kamaygan, 2009 – yilda esa eksport 46.5 % kamaygan. Yaponiya avtomobil eksporti 2010 – yilga kelib bazis yilga nisbatan 34.5 % ga, 2009 – yilga nisbatan esa 81 % ga o’sgan. Jumladan ushbu jadvalda yengil va yuk mashinalar, avtobuslar va ularning extiyot qismlari, mototsikllar va ularning extiyot qismlari eksporti ko’rsatkichlari keltirilgan. Ko’rinib turibdiki jahon moliyaviy inqirozi Yaponiya iqtisodiga jumladan avtomobil sanoatiga katta salbiy ta’sir ko’rsatgan. 2008 – 2009 – yillar mobaynida avtomobil sanoatidagi kamayish 46.5% ga qadar yetganligini ko’rishimiz mumkin.
Информация о работе Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari