Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 26 Ноября 2014 в 00:26, курсовая работа

Краткое описание

Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi butun jahon iqtisodiyoti, siyosati va jamiyat tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va undagi o’zgarishlarga salmoqli ta’sir ko’rsata oladigan yirik sanoat Yaponiya avtomobil sanoati va uning rivojlanish yo’nalishlari xususida so’z yuritadi. Bu mavzuning muhimligi va ahamiyati shundaki, bugunki kunda Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanishi bosqichlari, avtomobil sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tajriba maktabi bo’la oladi. Shu bilan birgalikda o’zining katta imkoniyatlari hamda rivojlanganligi bilan jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsata oluvchi muhim subyektlaridan biriga aylandi.

Содержание

Kirish………………………………………………………………………..3
1 – bob. Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi…………..6
Urushgacha bo’lgan davrda Yaponiya avtotransporti (XX asrning 30 -
yillarigacha)………………………………………………………………..6
Urushdan so’ng avtomobil sanoatining rivojlanishi……………………..8
Zamonaviy Yaponiya avtomobil sanoati……………………………….14

2 – bob Yaponiya avtomobil eksporti va importi. Asosiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar…………………………………………..28
2.1 Yaponiya avtomobil eksporti va uning ko’rsatgichlari………………...28
2.2 Yaponiya avtomobil importi va uning ko’rsatgichlari…………………34
2.3 Asosoiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar……………………….38

3 – bob Yaponiya avtomobil kompaniyalarining faoliyati………….40
3.1 Toyota Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari……40
3.2 Honda Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari ……46
3.3 Nissan Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari …... 54


Xulosa va takliflar………………………………………………………….61
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………

Прикрепленные файлы: 1 файл

Yaponiya avtomobil sanoati (diplom ishi) (Автосохраненный)34 (2).docx

— 1.54 Мб (Скачать документ)

3.1 - rasm.

Toyota kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar

Toyota Motor Corporation 1998 – yil Rossiyaning Moskva shahrida o’zining bo’limini ochadi va Rossiya bozorlariga ham avtomobillar eksport qila boshlaydi.

       1936 – yilda kompaniya yengil avtomobil bozoriga o’zining Model AA rusumi bilan kirib boradi va qattiq raqobatga uchraydi, shundan so’ng zudlik bilan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun savdo belgi tanlanadi. 27 000 ma’lumotlardan so’ng kompaniya asoschilaridan biri bo’lgan Kiitiro Toyoda familyasidan “Toyotu”ni o’ziga savdo belgi qiladi. Yangi brend Yaponiya bozorlarida mashhur bo’lib bora boshlaydi. Shundan so’ng kompaniya emblemasi bilan birgalikda bu yozuv avtomobillarda foydalanila boshlaydi. Toyota savdo belgisdan esa kompaniya jahon bozorlarida yirik o’rinni egallagach 1989 – yilning Oktyabr oyidan boshlab foydalana boshlaydi, 1950 – yilda Lexus savdo belgisi Toyotadan ajralib chiqadi.

    Toyota marketing o’zining yuqori sifatli mulki va avtomobillari bilan Shimoliy Amerika marketing hokimi deb yuritiladi. Asosan shiorlar bilan Shimoliy Amerika marketing bozorini egallagan, masalan: “Siz talab qiling! Qo’lga kiriting!” (1975 1979), “Oh, Nimani his qilmoqdasiz?” (1979 yildan 1985 yil sentyabrgacha AQSH), “Kimdur yanada ko’prog’ini talab qilsin?” (1985 - 1989), “ Men uchun nima qilsang ham seni sevaman, Toyota” (1989 1997), “Harkun” (1997–2001), “His qiling” (2001 – 2004), va “Olg’a yuring” (2004 dan buyon).

Toyota motor corporationning mintaqalar bo’yicha oladigan foyda (zarar)lari bo’yicha ma’lumotlar(2010 – 2011 – yillar uchun):

Yaponiya:

                Yaponiyaning sof foydasi 234.1 milliyard yenga kamaygan yoki 2.1 % ga tushgan, MY2010 – yil bilan MY2011 – yilni taqqoslaganda 10,982.2 milliard yen tushgan va sof yo’qotishlar 137.2 milliard yendan 362.4 milliard yenga ko’yarilgan.

Shimoliy Amerika:

              Sof tushum shimoliy Amerikada 241.4 mlrd yenga tushgan yoki 2010 – yil bilan 2011 – yilni taqqoslaganda 5,429.1 mlrd yendan 4.3% ga kamaygan. Xizmat ko’rsatishdagi tushum esa 254.1 mlrd yenga o’sgan yoki 2010 – yil bilan 2011 – yilni taqqoslaganda 339.5 mlrd yendan 297.1% ga ko’tarilgan.

 Yevropa:

             Sof tushum Yevropada 165.6 mlrd yenga tushgan yoki 2010 – yil bilan 2011 – yilni taqqoslaganda 1,981.4 mlrd yendan 7.7% ga kamaygan. Xizmat ko’rsatishdagi tushum esa 13.1 yendan 46.1 mlrd yenga o’sgan.

Osiyo:

            Osiyo mintaqasi bo’yicha TMK ning sof tushumi 719.2 mlrd yennni tashkil qilgan agar bu natijalarni foizda ko’radigan bo’lsak bu natijalar 2010 – yilga nisbatan 27.1% ga 3,374.6 mlrd yenga o’sagan, va hizmat ko’rsatish soxasi esa 109.4 mlrd yenga yoki 53.8% 3.3.0 mlrd yenga o’saganligini 2010 – yilni 2011 – yilga taqqoslaganda ko’rishimiz mumkun.

Boshqalar (Markaziy va Janubiy Amerika, Okeania va Afrika mitaqalari)

             Ushbu mintaqalardagi sof tushumning o’sishi 135.3 mlrd yenni tashkil qiladi yoki 2010 – yil va 2011 – moliyaviy yillarni taqqoslaganda 8.1%ga, 1,809.1 mlrd yenga yenga yetgan, va xizmatlar sohasidagi o’sish esa 2010 – yilga nisbatan 44.6 mlrd yenni tashkil qilgan foizlarda esa 38.6%,  160.1 mlrd yenga 2011 – yilda o’sgan.

   2001 – yil aprel oyida kompaniya o’z faoliyatini yanada rivojlantirish va kengaytirish maqsadida yangi strategik maqsadlarni o’zida birlashtirgan “Toyota Way 2001” ni yo’lga qo’ydi. Toyota o’zining asosiy prinsiplarini yangi quydagi 5 prinsip bilan jamladi:

  • Chaqiruv
  • Kaizen (yaxshilanish)
  • Genchi Genbutsu (boring va ko’ring)
  • Munosabat
  • Jamoaviy faoliyat

Toyota savdo – sotiq ishlarida Tokio, Osaka, Nagoya, Fukuoka va Sapporo birjalaridan foydalanadi. Bundan tashqari chet elda Nyu-York Fond birjasida va London stock birjasida ham o’z faoliyatini olib boradi. Kompaniya Yaponiyada 1949 – yildan, xalqaro darajada esa 1999 – yildan boshlab oshkora ya’ni ochiq faoliyat yuritadi.  Kompaniyaning 540 ta filiali va 226 ta qo’shma tarzda faoliayat yuritadi.

            2011 – yilning 31 – dekabrigacha bo’lgan kompaniyaning 9 oy mobaynida sof kirimi 12,881.1 mlrd yenni tashkil qilgan, so’nggi moliyaviy yil natijalariga bilan solishtirganda bu 10.2 foizga kamaygan. Yalpi tushum 422.1 mlrd yenni tashkil qilib, u 117.1 yenga kamaygan. Sof foyda 382.7 mlrd yendan 162.5 mlrd yenga kamaygan. So’nggi moliyaviy yilning 9 oyi davomida avtomobil sotish 4.995 mingdan 522 minggga kamaygan. Yaponiya ichki bozorida avtomobil xaridi 1.357 ming donani tashkil qilib 131 donaga kamaygan.  Shimoliy Amerikada avtomobil sotish 1.268 mingtadan 280 mingga kamaytirilgan. Yevropa bozorlarida esa so’nggi moliyaviy yilda avtomobil xaridi 580 mingtadan 4 mingtaga o’sgan bu esa Yalpi daromadni 8.5 mlrd yenga kamaygan. Osiyo bozorlarida avtomobil xaridi 894 mingtadan 16 mingtaga qisqargan. Yalpi daromad 171 mlrdga yenga pastlagan. Markaziy va Janubiy Amerika shuniningdek tinch okeani hududi bozorlariga etibor beradigan bo’lsak avtomobil xaridi 896 mingdan 99 mingtaga qisqargan, yalpi daromad esa qariyb 96 mlrd yenga kamaygan. Moliyaviy xizmatlar sohasidagi yalpi tushum 254.5 mlrd yen tashkil qilib moliyaviy yil yakunidagi natijalarga ko’ra 45.6 mlrd yenga qisqargan, sof daromad esa 226.4 mlrd yendan 49.6 yenga kamaygan. Konsolting sof foydasi moliyaviy yil yakunida 8.300.0 mlrd yenga o’sgan. Yalpi tushum 270.0 yennni tashkil qilgan bo’lsa soliqlar qoplangandan so’ng sof foyda 200.0 mlrd yenni tashkil qilgan.

TMC so’nggi 9 oydagi moliyaviy yil natijalaridag ayrim qisqarish va pasayishlar  asosan mintaqalardagi turli hil tabiiy ofatlar bilan bo’g’liqligi haqida kompaniya ma’lumot bergan, masalan Indoneziyadagi to’fonlar va Yaponiyanidagi yer qimirlashlari, bunday holatlar ham kompaniyaning faoliyatiga o’z ta’sirini ko’rsatgan.

2012 – yil Toyota Kompaniyasining 2011 – yil 31 – dekabrgacha bo’lgan 9 oylik moliyaviy yakuniy natijalar.

        2011 – yilning 31 – dekabrigacha bo’lgan kompaniyaning 9 oy mobaynida sof kirimi 12,881.1 mlrd yenni tashkil qilgan, so’nggi moliyaviy yil natijalariga bilan solishtirganda bu 10.2 foizga kamaygan. Yalpi tushum 422.1 mlrd yenni tashkil qilib, u 117.1 yenga kamaygan. Sof foyda 382.7 mlrd yendan 162.5 mlrd yenga kamaygan. So’nggi moliyaviy yilning 9 oyi davomida avtomobil sotish 4.995 mingdan 522 minggga kamaygan. Yaponiya ichki bozorida avtomobil xaridi 1.357 ming donani tashkil qilib 131 donaga kamaygan.  Shimoliy Amerikada avtomobil sotish 1.268 mingtadan 280 mingga kamaytirilgan. Yevropa bozorlarida esa so’nggi moliyaviy yilda avtomobil xaridi 580 mingtadan 4 mingtaga o’sgan bu esa Yalpi daromadni 8.5 mlrd yenga kamaygan. Osiyo bozorlarida avtomobil xaridi 894 mingtadan 16 mingtaga qisqargan. Yalpi daromad 171 mlrdga yenga pastlagan. Markaziy va Janubiy Amerika shuniningdek tinch okeani hududi bozorlariga etibor beradigan bo’lsak avtomobil xaridi 896 mingdan 99 mingtaga qisqargan, yalpi daromad esa qariyb 96 mlrd yenga kamaygan. Moliyaviy xizmatlar sohasidagi yalpi tushum 254.5 mlrd yen tashkil qilib moliyaviy yil yakunidagi natijalarga ko’ra 45.6 mlrd yenga qisqargan, sof daromad esa 226.4 mlrd yendan 49.6 yenga kamaygan. Konsolting sof foydasi moliyaviy yil yakunida 8.300.0 mlrd yenga o’sgan. Yalpi tushum 270.0 yennni tashkil qilgan bo’lsa soliqlar qoplangandan so’ng sof foyda 200.0 mlrd yenni tashkil qilgan.

TMC so’nggi 9 oydagi moliyaviy yil natijalaridag ayrim qisqarish va pasayishlar  asosan mintaqalardagi turli hil tabiiy ofatlar bilan bo’g’liqligi haqida kompaniya ma’lumot bergan, misol uchun: Indoneziyadagi to’fonlar va Yaponiyanidagi yer qimirlashlari.

3.1 - jadval

Konsolting ishlab chiqarish va sotish.

(2010 – 2011- Moliyaviy yillardagi avtomobil ishlab chiqrish va boshqa sohalardagi ko’rsatkichlar)

Biznes segmentlari

MY2010 (2009 – yil 31 – martdan 2010 – yil 1 – martgacha)

MY2011 (2010 – yil 31 – martdan 2011 – yil 1 – martgacha)

O’sish (Kamayish)

 

Yaponiya

3,956,996

3,721,351

(235,645)

Shimoliy Amerika

1,041,833

1,338,294

296,461

Yevropa

432,626

371,528

(61,098)

Osiyo

1,021,019

1,343,719

322,700

Boshqa mintaqalar

356,966

394,826

37,863

Jami

6,809,440

7,169,721

360,281

Boshqalar

housing

4.727

5,014

287


 

    Yuqoridagi jadvalda Toyota kompaniyasining yirik mintaqalardagi avtomobil (konsalting) ishlab chiqarish 2009 – 2011 – moliyaviy yillardagi ko’rsatgichlari berilgan. Yaponiyada 2009 – yil 31 – martdan 2010 – yil 1 – martgacha bo’lgan muddat oralig’ida 3,956,996 dona avtomobil, 2010 – 2011 – yillarda esa 3,721,351dona avtomobil ishlab chiqarilib o’tgan yilga nisbatan 235,645 donaga kamaygan. Shimoli Amerika mintaqasida 2009 – 2010 – yillarda 1,041,833 dona avtomobil ishlab chiqarilgan bo’lsa 2010 – 2011 – yillarda bozorlardagi talabning oshganligi sababli 1,338,294 donaga ko’tarilgan. Toyota kompaniyasining Yevropa avtomobil bozorlaridagi ulushi kam hisoblanib 2009 – 2010 – yilda 432,626 dona, 2011 – yilda esa 371,528 dona avtomobil ishlab chiqarilgan bo’lib bu ikki yil oralig’ida talab yanada tushib 61,098 donaga pastlagan. Bugungi kunda Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy holat yaxshilanishi, bozorlarning kattalashishi, sifatli mahsulotlarga bo’lgan talabninh oshihsi sababli Osiyo ko’plab kompaniyalar uchun yirik sanoat markazlari va bozorlariga aylandi. Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan erkin iqtisodiy hudular va ishchi kuchini arzonligi hamda yetarliligi u yerda sanoatni keskin rivojlanishiga olib kelgan bo’lsa ikkinchi tomondan dengiz yo’lining yaqinligidur, Osiyo Yo’lbarslari nomini olgan davlatlar ham bu mintaqadagi rivojlanish darajasini ko’tarib kelmoqda, jumladan markaziy osiyodagi O’zbekiston hamda Qozog’iston davlatlari ham bu mintaqadagi yaxshi rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. 2009 – yilda Toyota Oisyo mintaqasida 1,021,019 dona avtomobil, 2010 – 2011 – yillar oralig’ida esa  1,343,719 dona avtomobil ishlab chiqargan bo’lib bu yillarda ishlab chiqarish xajmi 322,700 donaga oshgan. Bundan ko’rinib turibdiki Osiyo bozorlarida Toyota brendi osidagi avtomobillarga talab ortib bormoqda. Barcha mintaqalardagi ishlab chiqarishni hisoblaganda 2009 – 2010 – yillar mobaynida Toyota 6,809,440 dona, 2010 – 2011 – yillar mobaynida esa 7,169,721dona avtomobil ishlab chiqarilgan, 2009 – yil va 2011 – yillar mobaynida konsalting ishlab chiqarish 360,281 dona avtomobilga kengaygan.

 

3.2 Honda Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari

 

        Honda motor (Honda Motor Co., Ltd.) – Mototsikl, avtomobil va ularning motorlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya hisoblanib, 1946 – yili mexanik Honda Soitiro tomonidan tashkil qilingan va shu yili Honda kompaniyasi ilk bora firma sifatida o’z faoliyatini boshlagan. Kompaniyaning ilk yutug’i tashkil qilingandan bir yil o’tgach sodir bo’ladi. Firma xarbiy omborlarning biridan kichik o’lchamli motor sotib olib uni ilk bora velosipedlar orqali tajribadan o’tkazadi. 1998 – yilda Honda kompaniyasi ishlab chiqaradigan avtomobillarning 12% ulushi mototsiklga, 75% - ulush avtomobillarga to’g’ri kelgan. Shuningdek Honda kompaniyasi qayiqlar uchun motor, mini-traktorlar, avtonom elektro stansiyalar, qishloq va fermer xo’jaliklar uchun motobloklar va benzin bilan ishlovchi dvigatel mexanizmlar ishlab chiqaradi. 

    Mototsikl ishlab chiqarish bo’yicha kompaniya mutloq ustunlikka ega hisoblanib, 1995 – yilning ma’lumotlariga ko’ra shu yili 16,5 mln dona mototsikl sotilgan shundan 5,3 mln donasi Honda kompaniyasining ulushiga to’g’ri kelgan, bu deyarli uchdan bir ulush degani. Buning muhim tomoni shundaki taxminan 4,3 mln dona mototsikl Yaponiyadan tashqarida kompaniyaning chet eldagi zavodlarida ishlab chiqarilgan. Ichki bozorda esa Honda yirik kompaniyalar ro’yhatining uchunchi pog’onasida turadi. 1998 – yil kompaniyaning umumiy sotuv xajmi 6231 mlrd yenni tashkil qilgan.

     Bugungi kunda Honda kompaniyasida turli mamlakatlardagi tarmoq firmalarni qo’shib hisoblaganda, 97 000ga yaqin inson faoliyat ko’rsatmoqda. Bunda  umumiy ishlab chiqarishning 56 % ulushi xorijiy filiallarga to’g’ri keladi.

       1949 – yilga kelib esa kompaniya ikki taktlik 98 kub. sm tuzilishga ega bo’lgan o’z mototsikllarini sotuvga chiqaradi. Oradan 4 yil o’tgach xajmi 146 kub. smga teng to’rt taktli mototsikllar ham sotuvga chiqadi. 1961 – yil Angilyada bo’lib o’tgan mototsikllar poygasida Honda kompaniyasining mototsikli g’olib bo’lgach kompaniya dunyoga taniladi. 1963 – yil Honda kompaniyasi ilk bora avtomobil ishlab chiqargan, kompaniya kichik (mini) yuk mashinasi va sport mashinasini ishlab chiqarish bilan ham o’z faoliyatini olib boradi. 1982 – yilda ilk bora Yaponiya kompaniyasi Honda AQSHda ishlab chiqarish tashkil etib, AQSH va boshqa bozorlarda sota boshlaydi, keyinchalik Yevropada ham jumladan Buyuk Britanyada avtomobil zavodlarini ishga tushirib Yevropa bozorlarini ham egallay boshlagan. 1969 – yilda kompaniya tabiyatni muhofaza asrash loyihasini tashkil etish maqsadida, ekologiyaga kam ta’sir etuvchi dvigatellar ustida ish olib borishni boshlagan. Bu bugungi kunda mashhur CVCC (Compound Vortex Controlled Combustion) loyihasi bo’lib u bugungi kunda ham o’z faoliyatini olib bormoqda. 1975 – yilning dekabr oyiga kelib kompaniyadan chiqarilayotgan mashinalar mana shunday dvigatelga ega bo’lgan holda ishlab chiqarilgan, Yaponiya kompaniyalaridan faqatgina Honda Amerikaning atmosferani ifloslanishini oldini olish haqidagi qonunchiligiga to’g’ri keluvchi avtomobil ishlab chiqarishni boshlagan. Kompaniya ekologik toza avtomobillar ishlab chiqarish tajribalarini ommalashtirish bilan bir qatorda, o’z imkoniyatlarini oshirish va boshqa firmalar bilan CVCC dvigateli loyihasini rivojlantirishni o’zining dasturi rejasiga kiritgani.

          Bugungi kunda kompaniya tabiatga zararli gazlarni yanada kam chiqaruvchi dvigatellar ustida jadal ish olib bormoqda. Bu loyiha bo’yicha “Formula - 1” uchun ishlab chiqarilgan avtomobil mutaxasislari ish olib bormoqdalar.  Ushbu dvigatel doiarsidagi avtomobillarni ishlab chiqish va ekalogik toza avtomobillar doirasini kengaytirish bo’yicha kompaniya qator harakatlarni amalga oshirib bormoqda. Honda tomonidan bir nechta elektromobil mashinalar ishlab chiqarilgan. Tajriba modeli hisoblangan “Civic-EX” muvaffaqiyatli natija ko’rsatgan. Huddi shunday elektr orqali yuruvchi motosikllar ishlab chiqarish firmasi tashkil qilingan, “CUV-EX” elektroskuteri bugungi kunda ishlab chiqarilmoqda va mijozlar tomonidan yaxshi kutib olingan. Elektroskuter elektr manbayi elektr bilan to’ldirilganda shahar ichidagi harkatlarda 35 km masofani bosib o’ta oladi, batareyalarni elektr bilan quvvatlash esa uy elektr manbalari orqali bemalol amalga oshirish mumkin. Oddiy mototsikllardan elektroskuterning ajralib turuvchi tomoni uning boshqaruvining yengilligida.

    1995 – yilda Honda ilmiy izlanish va tadqiqotlar uchun 220.5 mlrd yen miqdorida mablag’ sarfladi. Bu umumiy sotuv xajmining 5.2 %ni tashkil qiladi. Kompaniya mamlakat ichida va mamlakat tashqarisida turli yo’nalishda izlanish olib boruvchi fan-texnika markazlariga ega hisoblanadi.

Korporativ ixtisoslashuv va tarkibi

      Honda kompaniyasining markaziy ofisi Yaponiya poytaxti Tokiyoning Minato dahasida joylashgan. Kompaniya tomonidan chiqarilgan aktsiyalar Tokiyo fond birjasi va Nyu York fond birjasida shuningdek Osaka, Nagoya, Kyoto, Fukuoka, London, Parij va Shvetsariya birjalarida ham sotiladi.

       Kompnaiya yer sharining turli joylarida o’zining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilgan. Bu zavodlar bugungi kunda Xitoy, Qo’shma shtatlar, Pokiston, Kanada, Angliya, Yaponiya, Belgiya, Braziliya, Meksika, Yangi Zellandiya, Malayziya, Indoneziya, Hindiston, Tailand, Turkiya, Tayvan va Peruda tashkil qilingan.  

       2010 – yil Honda 89 % va Shimoliy Amerikada tashkil etilgan zavodlarida ishlab chiqarilgan Acura avtomobillari  Qo’shma Shtatlarda oldingi yilga nisbatan 82.2 % ga ko’p sotilgan. 

     2011 – yil mart oyida Yaponiyada bo’lib o’tgan yer qimirlashlari va sunamidan so’ng Honda kompaniyasi Buyuk Britaniyada joylashgan ikki zavodning ishlab chiqarishini yanada kengaytirishni rejalashtirgan. Bu zavodni yanad kengaytirish ishlari may oyining so’ngi ikki haftasining ish kunida to’g’ri kelib, bu davrda kompaniya 22,500 dona avtomobil ishlab chiqarish mumkin bo’ladi 

Dvigatellar ishlab chiqarish.

     Honda 1953 – yilda H-type bilan hamkorlikda dvigatellar ishlab chiqara boshlagan. 2007 – yilda kompniya tomonidan 6,4 million dona mana shunday mahsulotlar sotilishi bo’yicha record o’rnatgan. 2010 – yil (Moliyaviy yil yakuni

31- mart holatiga ko’ra)ga kelib bu natija 4,7 million donaga tushib qolgan.   

3.2 - jadval

Kompaniyaning yalpi savdosi va mintaqalar bo’yicha daromadi.

Mintaqalar

Yaponiya

Shimoliy Amerika

Yevropa

Osiyo

Boshqalar

Jami daromad (million yenda)

1,681,190

5,980,876

1,236,757

1,283,154

905,163



     

       Bugungi kunda kompaniya tomonida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar:

  • Dvigatel
  • Kultivator
  • Gazon kosilkasi
  • Trimmer
  • Kosilka
  • Ventilyator
  • Changlatgich
  • Qor tozalagich
  • Generator
  • Nasos
  • Osma dvigatel
  • Damlanadigan qayiq
  • Electron 4 g’ildirakli skuter

     Bugungi kunda kompaniya jahon bozoriga avtomobillar va mototsikllardan tashqari skuterlar, elktron generatorlar, suv nasoslari, qishloq xo’jaligi va uy ho’jaliklari uchun texnikalar, qayiqlar uchun motorlar, robo texnikalar, samaliyotlar va ular uchun motorlar va ingichka tolali foto elementlar ham ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Honda kompaniyasi tomonida ishlab chiqarilgan mototsikllar dunyoda yetakchi o’rinlarda turadi.

Kompaniyaning iqtisodiy ko’rsatgichlari.

Yillar

2008

2009

2010

2011

2012

Savdo va daromad (million yenda)

 

Jami savdo

12,002,834

10,011,241

8,579,174

8,936,867

7,948,095

Soliqlardan oldin

895,841

161,734

336,198

630,548

257,403

Sof daromad

600,039

137,005

268,400

534,088

211,482

Sotuv jarayoni

 

Yaponiya

1,585,777

1,446,541

1,577,318

1,503,842

1,517,927

Dunyoda

10,417,057

8,564,700

7,001,856

7,433,025

6,430,168

Jami

12,002,834

10,011,241

8,579,174

8,936,867

7,948,095

Ishchilar soni

178,960

181,876

176,815

179,060

187,094





Honda Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari o’rtasida Toyotadan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Kompaniyani bugungu kunda Prezident va direktorlar kengashining raisi Takanobu Ito boshqarib kelmoqda. Honda umumiy qiymati 86 mlrd yenlik kapitalga ega (2012), jami sotuvdan 2012 – yilda kompaniya 7,948,095 million yenlik savdoni amalga oshirgan, mamlakat ichida 2,740,052 millin yenlik savdoga egalik qilgan. Bugungi kunda kompaniyaning jahondagi barcha bo’limlarida 187,094 ishichi faoliyat yuritmoqda, Yaponiyada esa 24,888 kishi ish bilan band hisoblanadi. Honda kompaniyasi o’z faoliyatini bugungi kunda butun dunyoda joylashgan 378 ta bo’limlari orqali samarali amalga oshirib kelinmoqda.                                                                                  3.3 - jadval

Информация о работе Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari