Автор работы: Пользователь скрыл имя, 26 Ноября 2014 в 00:26, курсовая работа
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi butun jahon iqtisodiyoti, siyosati va jamiyat tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va undagi o’zgarishlarga salmoqli ta’sir ko’rsata oladigan yirik sanoat Yaponiya avtomobil sanoati va uning rivojlanish yo’nalishlari xususida so’z yuritadi. Bu mavzuning muhimligi va ahamiyati shundaki, bugunki kunda Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanishi bosqichlari, avtomobil sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tajriba maktabi bo’la oladi. Shu bilan birgalikda o’zining katta imkoniyatlari hamda rivojlanganligi bilan jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsata oluvchi muhim subyektlaridan biriga aylandi.
Kirish………………………………………………………………………..3
1 – bob. Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi…………..6
Urushgacha bo’lgan davrda Yaponiya avtotransporti (XX asrning 30 -
yillarigacha)………………………………………………………………..6
Urushdan so’ng avtomobil sanoatining rivojlanishi……………………..8
Zamonaviy Yaponiya avtomobil sanoati……………………………….14
2 – bob Yaponiya avtomobil eksporti va importi. Asosiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar…………………………………………..28
2.1 Yaponiya avtomobil eksporti va uning ko’rsatgichlari………………...28
2.2 Yaponiya avtomobil importi va uning ko’rsatgichlari…………………34
2.3 Asosoiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar……………………….38
3 – bob Yaponiya avtomobil kompaniyalarining faoliyati………….40
3.1 Toyota Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari……40
3.2 Honda Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari ……46
3.3 Nissan Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari …... 54
Xulosa va takliflar………………………………………………………….61
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………
Yaponiya kompaniyalari ishlab chiqarishni rivojlantirishni boshqaruvdan va avtomobil bozoridagi potensialini ushlab qolishdan boshlagan. Kompaniyalar AQSH, Yevropa va Osiyoda ishlab chiqarish bazasini vositachilarsiz tashkil qilishga harakat qilganlar. Tashkil qilinadigan bu baza korxonalarining maxsulotlari o’zining xududida joylashgan bo’lishi barcha talabga va so’roqlarga javob berishi kerak. Birinchi navbatda Yaponiya kompaniyalari Amerika erkin bozorida o’zining shaxsiy ishlab chiqarishini tashkil qilishni boshlashi kerak bo’lgan.
1982 – yilda AQSH ning Ogayo shtatida joylashgan Honda kompaniyasiga qarashli “Honda North America” konveyr zavodi birinchi marotaba “Honda Accord” avtomobilini yig’ib sotuvga chiqardi, bu modeldagi avtomobil amerikaliklar o’rtasida juda tez ommalashdi. Bugungi kunda “Honda” kompaniyasining shimoliy Amerika qit’asida 3 ta avtomobil yig’ish zavodi joylashgan: - 2 ta zavod AQSH hududida joylashgan bo’lsa, biri Kanadada joylashgan, asosan ishlab chiqarish sur’atini mator zavodi va uzatmalar qutisini ishlab chiqaruvchi zavodlar oshirgan. 1997 – yilda “Honda North America” 817 000 dona avtomobil ishlab chiqargan. Yaponiyaning 5 ta eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari o’zlarining zavodida AQSH bozoriga 3 mlngacha avtomobil yetkazib berish rejalashtirilgan, 1998 – yilga kelib bu reja amalga oshirilgan.
Iqtisodchilarning fikriga ko’ra, Yaponiya kompaniyalarining 1999 – yildagi Yevropa bozoridagi ulushi 2, 4 mln dona avtomobilni tashkil qilgan bo’lsa, umumiy sotuv xajmi esa taxminan 15 mln dona avtomobilni tashkil qilgan. 2, 4 mln dona avtomobilning yarmi Yaponiyadan vositachilarsiz eksport qilingan, qolga qismi esa transplantatsiya qilingan.
Yaponiya kompaniyalari o’zining hissasini Osiyo mamlakatlaridagi ishlab chiqarish bazasi oshirishga qaratgan, asosiy e’tibor Xitoyga qaratilgan, Xitoy avtomobil bozorida avtomobillar uchun qo’yiladigan narx juda yuqori hisoblanadi.
Yangi asrning ko’pchilik mutaxasislar dunyo avtomobil sohasining muvozanat kuchi o’zgarishi haqida takidlashmoqda va ushbu sohada iashlab chiqarish tashkilotlarini va boshqaruvni tashkil qilishda Yapon usuluni qo’llashni maslahat berishmoqda.
Yaponiya avtomobilsozligi o’zining kam xarajatliligi bilan dunyoda yetakchi hisoblanadi. Chet el mutaxasislarining baho berishicha, bu liderlik sezilarli darajada, misol uchun, yetakchilikning asosiy sabablaridan biri ombor zaxiralarini boshqarish tuzilmasining mavjudligidadir. Agarda “General Motors” kompaniyasining zaxiralari “Toyota” kompaniyasi boshqaruvidek unumli boshqarilganda, GM omborda va sexda o’lik ko’rinishida turgan yarim tayyor, o’rin bosar va komplekt tovarlardan bir necha milliard dollarni yechib olgan bo’lardi. “Aniq va vaqtida yetkazish” dasturi orqali Yaponiya kompaniyalari tashqi bozorda narx raqobatidagi kurash uchun yaxshi rezervni tashkil qilgan.
Yirik Amerika kompaniyalaridan Yaponiya kompaniyalarining farqi, ishlab chiqarishdagi xarajatlarni kamaytirishga harakat qilganligi, mashina turlari sonini oshirishi, Yaponiya kompaniyalari asosiy e’tiborni tez moslashuvchan ishlab chiqarishga qaratishni boshlagani, misol uchun imkoni boricha bitta konveyrdan bir necha turdagi mashina modellari chiqarishga harakat qilingan va xaridorlarning savollarini hisobga olishi yapon kompaniyalarining asosiy e’tiborga molik tomoni hisoblanadi.
Yuqorida Yaponiya avtomobil sanoatining urushdan oldingi va keyingi rivojlanish darajasi bilan tanishdik. Ushbu bo’limda esa Yaponiya avtomobil sanoatining bugungu kundagi faoliyati va uning jahon bozorida va milliy bozordagi o’rni bilan tanishib chiqamiz. Yaponiya avtomobil sanoatining mana shunday rivojlanishida davlatning o’rni ham katta hisoblanadi. Davlat tomonidan ushbu sanoatning ilk rivojlanish davrida faoliyatga taluqli qonun va farmonlarning to’g’ri qabul qilinganligi va ulardan unumli foydalanilganligi yaqqol misol bo’la oladi.
Yaponiya avtomobil kompaniyalarining faoliyatini yanada barqarorlashtirish maqsadida Yaponiya Avtomobil Ishlab Chiqaruvchilar Assotsiatsiyasiga (ingl. Japan Automobile Manufactures Association), yoki JAMA ga asos solindi. Assotsiatsiya 1967 – yil 3 – aprelda tashkil qilingan bo’lib, bosh ofisi Yaponiyaning Tokiyo shahrida joylashgan. JAMAning tashkil qilinishidan maqsad Yaponiya avtomobil sanoatidagi texnik yangiliklar va boshqaruv tajribalarini a’zo komaniyalar o’rtasida almashinuvini taminlash edi. Bugungi kunda assotsiatsiyaning 14 a’zosi bo’lib, ular faqat avtomobillar emas balki yuk mashinlari, avtobuslar va motosikllar ham ishlab chiqaradi. Tashkilot shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish va transport vositalarining butun dunyoda sotilish ishlari bilan ham shug’ullanadi. JAMAga kiruvchi kompaniyalar AQSH, Yevropa bozorlarida va ko’plab rivojlanib borayotgan mamlakatlar bozorlarida o’zining katta ulushiga ega hisoblanadi. Shuningdek JAMA Pekin, Singapur, Vashington (Amerika ofisi), Toronto (Kanada ofisi) va Bryussel (Yevropa ofisi) shaharlarida o’zining ofislarini tashkil qilgan.
Hozirgi kunda tashkilotga 14 ta kompaniya a’zo bo’lib ular quydagilar:
Shuningdek tashkilotga Yaponiyaning uchta eng yirik kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan kompaniyalar ham a’zo hisoblanadi:
Ushbu kompaniyalar chet elda Yaponiyadan tashqarida tashkil etilgan bo’lib faqat o’z faoliyatini chet elda olib borishi kerak bo’lgan. Lekin 2005 – yilga kelib Lexus o’zining avtomobillari bilan Yaponiya bozorlariga kirib keldi. Shundan so’ng Acura va Infiniti ham 2008 – yilga qadar Yaponiya bozorlariga kirishni rejalashtiradi va hozirda mamlakat ichida o’z faoliyatini olib bormoqda.
1.1 - jadval
Avtomobil ishlab chiqarish va tarmoqdosh sanoatdagi bandlik2
Avtomobil ishlab chiqarish……………………………….787,00 |
Avtomobil ishlab chiqarishda (mototsikl ishlab chiqarishni qo’shib hisoblaganda) …….166,000 Avto detallar va jihozlar ishlab chiqarishda …………………………………605,000
…………………………………..16,000
|
Yo’l transportlari………………………………………. |
…………………………………351,000
|
Avtomobillarga yoqilg’i quyish/sug’urtalashda…………409, |
|
Materiallarni yetkazib berish & jihozlash ………………229,000 |
|
Sotish va xizmat ko’rsatish…………………………..1,085, |
va jihozlar qo’shib hisoblanganda)..637,000
foydalanilgan mashinalar va avto qismlar va jihozlar qo’shib hisoblanganda)..176,000
|
Avtomobil sanoati – tarmoqdosh sohalar va umumiy bandlik.
Avtomobil sanoati – turli xil ishlab chiqarish va faoliyatlarning bir biriga bog’liqliligi, xom ashyoni yetkazib berishdan tortib mashinalarni ishlab chiqarish va taqsimlash, sotish, xizmat ko’rsatish va boshqa avomobilga bog’liq bo’lgan faoliyatlarning juda katta markazidur. Bugungi kunda Yaponiya avtomobil ishlab chiqarish va aloqadosh sanoat bilan band bo’lgan ishchilar soni 5.32 million kishini tashkil qiladi. Avtomobillarni ishlab chiqarish jarayonida unga zarur bo’lgan extiyot qismlar turli hil boshqa ishlab chiqarishga bog’liq hisoblanadi. Misol uchun oddiy holda bir avtomobil 20,000 yoki 30,000 ta qismlardan iborat bo’lib, bunday qismlarni hattoki dunyodagi eng katta ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan kompaniyalar ham bir o’zi taminlay olmaydi. Shunday ekan avto ishlab chiqaruvchilar mamlakat tashqarisidagi ishlab chiqaruvchilarni jalb qilishga yoki tayyor mahsulotni (misol uchun, shinalar yoki batareyalar) chet eldan sotib olishga majbur bo’ladilar. Bu esa shu sohada mamlakat importining har yillik o’sib borishini bildiradi. Avtomobil sanoatiga katta miqdorda investitsiya, tehnika – tehnalogiya, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarni yo’naltirish lozim hisoblanadi, bular esa iqtisodiyotning barometridir.
2009 – 2011 – yillar davomida Dunyoda va Yaponiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar miqdor (mamlakatlar, mintaqalar, xududlar)3 1.2 - jadval
Mamalakatlar |
2009 |
2010 |
2011 | ||||||
Yengil mashina |
Yuk mashina |
Jami |
Yengil mashina |
Yuk mashina |
Jami |
Yengil mashina |
Yuk mashina |
Jami | |
Yaponiya |
6,862,161 |
1,071,896 |
7,934,057 |
8,310,362 |
1,318,558 |
9,628,920 |
7,158,525 |
1,240,180 |
8,398,705 |
AQSH |
2,195,588 |
3,535,809 |
5,731,397 |
2,731,105 |
5,030,335 |
7,761,440 |
2,966,133 |
5,687,427 |
8,653,560 |
Yevropa |
15,158,241 |
1,809,730 |
16,967,971 |
17,039,180 |
2,573,860 |
19,613,040 |
18,271,467 |
2,858,913 |
21,130,380 |
O’zbekiston |
110,200 |
7,700 |
117,900 |
130,400 |
26,480 |
156,880 |
146,300 |
33,260 |
179,560 |
Jahonda |
47,683,773 |
14,020,224 |
61,703,997 |
58,267,324 |
19,345,557 |
77,612,881 |
59,929,016 |
20,163,875 |
80,092,891 |
Butun dunyo va Yaponiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar miqdori.
2010 – yilda butun dunyoda avtomobil ishlab chiqarish (mototsikllar ishlab chiqarishdan tashqari) o’tgan 2009 – yilga nisbatan 25.8% ga o’sib 77.61 million donaga yetgan. Ishlab chiqarishning o’sish darjasini mintaqalar bo’yicha ko’rsak Shimoliy Amerikada (36.1% ga o’sib 9.83 mln dona), Osiyo – Okeaniya (28.8% ga o’sib 40.90 mln dona), Lotin Amerikasi (26.9% ga o’sib 6.78 mln dona), Afrika (18.0% ga o’sib 488 000 ming dona) va Yevropa (15.6% ga o’sib 19.61 mln dona)ga o’sgan.
1.1 - rasm.
2010 – yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar rusumi grafigi4
Yaponiyada 2010 – yilda avtomobil ishlab chiqarish so’nggi 3 yilda samarali darajada ko’tarilgan, ishlab chiqarilgan avtomobillar 9.63 mln donani tashkil qilib, bu o’tgan yilga nisbatan 21.4 % ga ko’p ishlab chiqarilganini bildiradi. Ushbu ma’lumotga tayangan holda yengil avtomobillarni ishlab chiqarish 21.1 % ga o’sgan yoki 8.31 mln donaga yetgan. Ushbu kategoriyadagi Standart avtomobillarning o’zi 40.1 % ga yegan bu esa 4.85 mln dona avtomobilni tashkil qiladi, kichik o’lchamdagi avtomobillar esa 0.6 % ga ko’tarilib 2.16 mln dona mana shunday avtomobillarni tashkil qilgan va Mini rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarish esa 3.8 % ga o’sib 1.31 mln donagacha yetgan. Yuk mashinalar va avtobuslarni ishlab chiqarish ham 2009 – yilga nisbatan o’sganligini ko’rishimiz mumkin.
Ushbu yilda ishlab chiqarilgan jami avtomobillarning sonining katta qismini yengil avtomobillar egallagan bo’lib, bu turdagi avtomobillarning turli kategoriyalaridagi ishlab chiqarishning o’sganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
1.3 - jadval
Avtomobil ishlab chiqarish yillar bo’yich tendensiyalari5
Yillar |
Yengil avtomobillar |
Yuk avtomobillari |
Avtobuslar |
Jami | ||||
(%)dagi o’zgarish |
(%)dagi o’zgarish |
(%)dagi o’zgarish |
(%)dagi o’zgarish | |||||
1970 |
3,178,708 |
121.7 |
2,063,883 |
102.1 |
46,566 |
111.3 |
5,289,157 |
113.1 |
1975 |
4,567,854 |
116.2 |
2,337,632 |
90.8 |
36,105 |
78.8 |
6,941,591 |
105.9 |
1980 |
7,038,108 |
114.0 |
3,913,188 |
115.2 |
91,588 |
146.4 |
11,042,884 |
114.6 |
1985 |
7,646,816 |
108.1 |
4,544,688 |
105.2 |
79,591 |
110.2 |
12,271,095 |
107.0 |
1990 |
9,947,972 |
109.9 |
3,498,639 |
89.0 |
40,185 |
95.5 |
13,486,796 |
103.5 |
1995 |
7,610,533 |
97.5 |
2,537,737 |
93.9 |
47,266 |
96.2 |
10,195,536 |
96.6 |
2000 |
8,359,434 |
103.2 |
1,726,818 |
98.8 |
54,544 |
112.7 |
10,140,796 |
102.5 |
2001 |
8,117,563 |
97.1 |
1,601,536 |
92.7 |
58,092 |
106.5 |
9,777,191 |
96.4 |
2002 |
8,618,354 |
106.2 |
1,572,640 |
98.2 |
66,321 |
114.2 |
10,257,315 |
104.9 |
2003 |
8,478,328 |
98.4 |
1,746,616 |
111.1 |
61,074 |
92.1 |
10,286,018 |
100.3 |
2004 |
8,720,385 |
102.9 |
1,730,691 |
99.1 |
60,442 |
99.0 |
10,511,518 |
102.2 |
2005 |
9,016,735 |
103.4 |
1,706,611 |
98.6 |
76,313 |
126.3 |
10,799,659 |
102.7 |
2006 |
9,754,903 |
108.2 |
1,640,693 |
96.1 |
88,637 |
116.1 |
11,484,233 |
106.3 |
2007 |
9,944,637 |
101.9 |
1,538,020 |
93.7 |
113,670 |
128.2 |
11,596,327 |
101.0 |
2008 |
9,928,143 |
99.8 |
1,508,399 |
98.1 |
139,102 |
122.4 |
11,575,644 |
99.8 |
2009 |
6,862,161 |
69.1 |
985,101 |
65.3 |
86,795 |
62.4 |
7,934,057 |
68.5 |
2010 |
8,310,362 |
121.1 |
1,209,224 |
122.8 |
109,334 |
126.0 |
9,628,920 |
121.4 |
2011 |
7,158,525 |
86.1 |
1,136,071 |
94.0 |
104,109 |
95.2 |
8,398,705 |
87.2 |
Jadvalda 1970 – 2000 – yilgacha har besh yillik ishlab chiqarilgan avtomobillarning yillar bo’yicha tendensiyalari berilgan. 2001 – yildan 2010 – yilga qadar esa har yillik ishlab chiqarilgan avtomobillarning tendensiyalari jadvalda keltirilgan. 1970 – yilda yengil rusumdagi avtomobillar 3,178,078 dona ishlab chiqarilgan bo’lib o’tgan yilga nisbatan 21.7 % ga o’sgan. 1990 – yilga qadar ishlab chiqarishda o’sish kuzatilgan bo’lib, 1995 – yilda esa ishlab chiqarish sur’ati pasayganligini, o’tgan yilga nisbatan 12.4 % ga ishlab chiqarish tushganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Keyingi 5 yillik mobaynida ishlab chiqarish 5.7 %ga ko’tarilib 7,610,533 dona avtomobildan 8,359,434 donaga yetgan. Yuk avtomobillari ishlab chiqarishda ham 1985 – yilga qadar har 5 yillikda o’sish natijalarini kuzatish mumkin, lekin 1990 – yilga kelib 1985 – yilga nisbatan yuk mashinalar ishlab chiqarishda 16.2 %ga kamayish kuzatilgan, 2000 – yilga qadar Yaponiya kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan yuk mashinalariga talab kamayib borgan. 1970 – 2000 – yillar mobaynida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni deyarli ortib borgan, lekin 1990 – yilga qadar ishlab chiqarishdagi o’sish yuqori darajada ortib brogan. 1995 – 2000 – yillardagi ko’rsatgichlar ham 1970 – yilga nisbatan sezilarli darajada farqlanadi.
2001 – yildan boshlab JAMA ma’lumotiga ko’ra 2010 – yilga qadar har yillik ishlab chiqarish tendensiyalari ushbu jadvalda keltirib o’tilgan. Ushbu yilda 2000 – yilga nisbatan yengil mashina ishlab chiqarishda 6.1 %ga pasayish kuzatilgan bo’lib ishlab chiqarilgan avtomobillar miqdori 8,359,434 donadan 8,117,563 donaga tushgan. 2001 – yildan 2005 – yilga qadar yengil mashinalar ishlab chiqarish hajmi 9,016,735 donaga yetgan, 2008 – yilga kelib esa bu hajm yanada ortib 9,928,143 donani tashkil qilgan. 2009 – yilda 2008 – yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 30.7% ga pasayib 6,862,161 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu darajadagi ishlab chiqarishning keskin pasayishiga 2008 – yilda boshlangan “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi” va mana shu inqiroz tufayli davlatlarning iqtisodiy salohiyati pasayishi sababchi bo’la oladi. Ushbu yillardagi pasayish yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarish jarayoniga ham keskin ta’sir qilgan. Mamlakatda 2001 – yildan 2007 – yilgach ishlab chiqarilgan jami avtomobillar miqdori 96.4 %dan 101.0 % ga yetgan. Ushbu yillar oralig’idagi maksimal darajadagi ishlab chiqarish sur’ati 2002 – yilda amalga oshirilgan bo’lib, o’sish sur’at oldingi yilga nisbatan 8.5 %ni tashkil qilgan. Ishlab chiqarish hajmining eng katta miqdorda pasayishi 2009 – yilda kuzatilgan bo’lib, 2008 – yilga nisbatan 31.3 %ga pasaygan. Ma’lumki “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi” davlatlarning iqtisodiyotiga keskin ta’sir ko’rsatishi natijasida jahon bozoridagi talab va taklif holatini o’zgartirib yubordi.
2009 – 2010 yilda Yangi yengil avtomobillar va boshqa turdagi mashinalarni ro’yhatga olish ko’rsatgichi6
1.4 - jadval
Mamlakatlar |
2009 |
2010 | ||||
Yengil mashina |
Boshqa turdagi mashinalar |
Jami |
Yengil mashina |
Boshqa turdagi mashinalar |
Jami | |
Yaponiya |
3,923,741 |
685,515 |
4,609,256 |
4,212,267 |
743,869 |
4,956,136 |
AQSH |
5,456,246 |
5,145,122 |
10,601,368 |
5,635,433 |
6,136,787 |
11,772,220 |
Germaniya |
3,807,175 |
242,184 |
4,049,359 |
2,916,260 |
282,157 |
3,198,417 |
Xitoy |
8,367,086 |
5,260,007 |
13,627,093 |
13,757,794 |
4,304,142 |
18,061,936 |
Butun jahonda7 |
43,481,749 |
17,145,050 |
60,763,316 |
50,752,142 |
18,575,312 |
69,452,656 |
Информация о работе Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari