Автор работы: Пользователь скрыл имя, 26 Ноября 2014 в 00:26, курсовая работа
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi butun jahon iqtisodiyoti, siyosati va jamiyat tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va undagi o’zgarishlarga salmoqli ta’sir ko’rsata oladigan yirik sanoat Yaponiya avtomobil sanoati va uning rivojlanish yo’nalishlari xususida so’z yuritadi. Bu mavzuning muhimligi va ahamiyati shundaki, bugunki kunda Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanishi bosqichlari, avtomobil sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tajriba maktabi bo’la oladi. Shu bilan birgalikda o’zining katta imkoniyatlari hamda rivojlanganligi bilan jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsata oluvchi muhim subyektlaridan biriga aylandi.
Kirish………………………………………………………………………..3
1 – bob. Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi…………..6
Urushgacha bo’lgan davrda Yaponiya avtotransporti (XX asrning 30 -
yillarigacha)………………………………………………………………..6
Urushdan so’ng avtomobil sanoatining rivojlanishi……………………..8
Zamonaviy Yaponiya avtomobil sanoati……………………………….14
2 – bob Yaponiya avtomobil eksporti va importi. Asosiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar…………………………………………..28
2.1 Yaponiya avtomobil eksporti va uning ko’rsatgichlari………………...28
2.2 Yaponiya avtomobil importi va uning ko’rsatgichlari…………………34
2.3 Asosoiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar……………………….38
3 – bob Yaponiya avtomobil kompaniyalarining faoliyati………….40
3.1 Toyota Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari……40
3.2 Honda Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari ……46
3.3 Nissan Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari …... 54
Xulosa va takliflar………………………………………………………….61
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI VАZIRLАR MАHKАMАSI huzuridаgi
TОSHKЕNT ISLОM UNIVЕRSITЕTI
BITIRUV MАLАKАVIY ISH
MАVZU: Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari.
Bitiruvchi: Jаhоn iqtisоdiyoti vа
хаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtlаr
yo’nаlishi 4-kurs tаlаbаsi
Sultonov Shohabbos Bahodirjonovich
Ilmiy rаhbаr: Taqrizchi:
Tоshkеnt - 2013
Mundarija
Kirish………………………………………………………………
1 – bob. Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi…………..6
yillarigacha)……………………………………………
2 – bob Yaponiya
avtomobil eksporti va importi. Asosiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar………………………………………
2.1 Yaponiya avtomobil eksporti va uning ko’rsatgichlari………………...28
2.2 Yaponiya avtomobil importi va uning ko’rsatgichlari…………………34
2.3 Asosoiy sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar……………………….38
3 – bob Yaponiya avtomobil kompaniyalarining faoliyati………….40
3.1 Toyota Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari……40
3.2 Honda Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari ……46
3.3 Nissan Motor Kompaniyasi faoliyati va rivojlanish yo’nalishlari …... 54
Xulosa va takliflar………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………64
Kirish
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi butun jahon iqtisodiyoti, siyosati va jamiyat tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va undagi o’zgarishlarga salmoqli ta’sir ko’rsata oladigan yirik sanoat Yaponiya avtomobil sanoati va uning rivojlanish yo’nalishlari xususida so’z yuritadi. Bu mavzuning muhimligi va ahamiyati shundaki, bugunki kunda Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanishi bosqichlari, avtomobil sanoati rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tajriba maktabi bo’la oladi. Shu bilan birgalikda o’zining katta imkoniyatlari hamda rivojlanganligi bilan jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsata oluvchi muhim subyektlaridan biriga aylandi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Yaponiya avtomobil sanoati va uning faoliyatini o’rganish, uni yanada takomillashtirish va jahon iqtisodiy infratuzilmasidagi roli va ahamiyatini oshirish nuqtai-nazaridan Dolmatov Yu.A, Abdulov A.N, Kulkin A.M, Shodiev P.K, Alekseyev V.V, Drujinin N.L, Johns B, Lomakin V.K, Laben B kabi dunyoning eng ilg’or iqtisodiy tafakkur va salohiyatiga ega olimlar va fan doktorlari, iqtisodchilar, fan nomzodlari, professor va ilmiy xodimlar tomonidan turli izlanishlar olib borildi va borilmoqda, turli o’quv qo’llanmalari, maqolalar, va kitoblar yaratilmoqda, bu borada dissertatsiyalar yoqlanmoqda va bu borada jiddiy natijalarga va yutuqlarga erishilayotganligi bu mehnatlar samarasi in’ikosi bo’lib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishida qo’yilgan maqsad va undan kelib chiqadigan vazifalar – Yaponiya avtomobil sanoati va uning faoliayati asoslari, rivojlanish bosqichlari, muhim strategik qadam tashlashda uning tajribasidan foydalanish, shuningdek jahon iqtisodiyoti tizimidagi o’rni va dasturlari tizimini o’rganib chiqish va ulardan samarali foydalanish uchun tegishli vazifalarni amalga oshirish.
Mavzuning ob’yekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishi Yaponiya avtomobil sanoatining samaradorligi, qulay imkoniyatlarga ega ekanligi va uning ishtirokchilari kutayotgan samaraning shakllanishi hamda rivojlanish bosqichidagi va bugungi kundagi muommolarni o’rganadi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ob’yekti bular Yaponiyaning yirik avtomobil kompaniyalari, ularning chet eldagi filiallari, bo’limlar va avtomobil sanoati subyektlaridur. Tadqiqot predmeti bu Yaponiya avtomobil sanoati faoliyati ko’lami va rivojlanish yo’nalishlarini o’rganish va tahlil qilish.
Mavzuning ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy yangiligi shundaki, bugungi kunda, ya’ni XXI asr – “yuksak texnalogiyalar” asrida, nanotexnalogiya va zamonaviy ilm fan shiddat bilan rivojlanib borayotgan va butun dunyodagi bo’layotgan har bir jarayon, tuzilmaviy o’zgarishlarga jiddiy ta’sir ko’rsatayotgan shunday bir davrda jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan va Yaponiya davlat iqtisodiy tizimi uchun yetakchi omillardan biri bo’lib hizmat qiluvchi avtomobil sanoatining faoliyati asoslari va rivojlanish yo’nalishlari ochib berilgan va sanoatning ish yuritish mexanizmini takomillashtirish va jahon standartlariga to’la javob bera oladigan zamonaviy mexanizmlarni ishlab chiqish ijobiy va hal qiluvchi ahamiyatga egaligi xususida munozaralar yuritilgan.
Mavzuning amaliy ahamiyati. Bugungu kunda “Yaponiya mo’jizasi”ni hech qaysi bir davlat inkor qila olmaydi. Shunday ekan ushbu mo’jizaning amalga oshish jarayonini va bosqichlarini avtomobil sanoatini qo’shmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu sababli Yaponiya avtomobil sanoatining ichki va tashqi bozordagi faoliyati, uning rivojlanish bosqichlari shu sanoat rivojlanayotgan mamlakatlar uchun jumladan O’zbekistonda shakllanib borayotgan avtomobil sanoati uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida tadqiqiot mavzusining dolzarbligi va ahamiyati, mavzuning o’rganilgan darajasi, ishga qo’yilgan maqsad, hamda undan kelib chiqadigan vazifalar, mavzuning ob’yekti va predmeti, ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va ishning tarkibiy tuzilishi bayon qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida Yaponiya avtomoil sanoatining rivojlanish tarixi, uning urushdan oldingi va keyingi holati, zamonaviy Yaponiya avtomobil sanoati haqida va uning tarkibiy tuzilishi, o’ziga xos xususiyatlari, ushbu sanoatning rivojlanishining ob’yektiv asoslari, zamonaviy Yaponiya avtomobil sanoatining yalpi jahon xo’jaligi miqyosida amal qiluvchi murakkab va muntazam iqtisodiy tizim sifatidagi o’rni va ahamiyati xususida bayon qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida Yaponiya avtomobil sanoatining jahon bozorlaridagi o’rni, hamda eksport va import salohiyati, yillar bo’yicha amalga oshirilga eksport va import ko’rsatkichlari, mintaqalar bo’yicha ularning taqsimlanishi, avtomobil sanoatiga tarmoqdosh sohalarga kiritilayotgan import mahsulotlar tarkibi, avtomobil sanoatiga keng miqyosda ta’sir ko’rsata oluvchi
sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar, eksport va importning yetkazib berish shartlariga ko’ra turlari haqida bayon qilingan.
Bitiruv malakaviy ishining uchunchi bobida Yaponiya avtomobil sanoatidagi yetakchi kompaniyalar, ularning ishlash faoliyati mexanizmi, kompaniyalarning texnik va fundamental tahlilini o’zaro taqqoslash, milliy kompaniyalar va jahon kompaniyalari o’rtasidagi tendensiyalarini prognozlash hamda aniqlashda ularning faoliyatlariga ta’sir etuvchi omillar, ularning Yaponiya iqtisodiyoti va jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni, jahon bozorlaridagi ularning faoliyati va boshqa yirik kompaniyalar bilan aloqalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalar munosabatlarini bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirishi xususida mulohazalar yuritilgan.
Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida ishning mazmunidan kelib chiqqan holda turli mulohazalar va fikrlar bildirilgan. Shuningdek bu mavzuning kelgusidagi amaliy tatbiqi, mavzuga doir umumiy xulosalar va e’tiborga olish kerak bo’lgan va foydali deb hisoblangan turli tavsiya va takliflar berilgan.
I BOB. Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish tarixi.
Jahon iqtisodiyotida o’zining o’rniga ega bo’lgan va juda tezlik bilan rivojlanib borayotgan avtomobil sanoati yuqori daromad olib keladigan, juda muhim bo’lgan sektorlardan biridir. Agarda uning tarixiga nazar tashlasak: birinchi avtomobil 1885 – yilda Germaniyaning Manheim shahrida Karl Benz tomonidan tajribadan o’tkazilgan. Benz 1886 – yilning 29 – yanvarida o’zining avtomobili uchun patent oladi va 1888-yildan boshlab avtomobil ishlab chiqarishni boshlaydi. Ilk avtomobil Karl Benzning rafiqasi Berta Benz ismi bilan nomlangan. Karl Benz 1888 – yilning avgust oyida Germaniyaning ikki shahri Manheimdan Forheim shahrigacha bo’lgan masofani rafiqasi bilan ushbu avtomobilda bosib o’tadi.
1889-yilga kelib Gotlib Dayimler va Vilgelm Maybix tomonidan avtomobilning yangicha dizaynini yaratildi, o’z navbatida aynan shu ikki shaxs birinchi mototsiklning ixtirochilari hisoblanadi. Karl Benz tomonidan yaratilgan uch g’ildirakli ilk avtomobil ko’rinishining oldingi g’ildiragi rul boshqaruviga xizmat qilardi, keyingi ikkalasi yetakchi g’ildiraklar hisoblanardi. Benz bu avtomobilini sinovdan o’tkazib ko’rdi va u 14,5 km/s tezlik bilan harakatlangan. Keyinchalik Daymler va Benz o’zaro hamkorlikni davom ettirib, 1896 yilda avtomobil uchun ikki silindrli dvigatelning ishchi modelini yaratadilar. 1901- yilda esa ular avtomobilsozlik firmasini tashkil etib va bu firma tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarning modeliga Daymlerning qizi Mercedes ismi nom qilib olindi. Tarixda, G. Daymler va K. Benz birinchi avtomobil ixtirochilari deb qabul qilingan. Ularning ilk mashinasi 0, 75 ot kuchiga ega bo’lib, soatiga 12 km tezlik bilan yura olgan.
Yaponiyada ilk transport vositasi ikki yosh mexanik Shineytaro Ioshidi va Torao Yamaba tomonida tajribadan o’tkazilgan. Ioshida tomonidan import qilib olib kelingan benzin bilan ishlovchi dvigatel ilk marotaba sinovdan o’tkaziladi, Yamaba birinch bo’lib bug’ kuchi bilan harakatga keluvchi dvigatelni ihtiro qiladi.
Ikki yaponiyalik mexaniklar tomonidan yaratilgan ushbu avtotransportlar Yevropa avtomobillari darajasiga yetmagan bo’lsada Yaponiya uchun katta yutuq deb e’tirof etilgan edi. 1898 – yil 2 – fevraldagi nashr etilgan gazetalarning birida karikatura bosib chiqarilgan, bunga ko’ra birinchi avtomobilning Fransuz savdogari tomonidan Tokioga kelishi jarayoni ko’rsatilgan edi (ma’lumot o’rnida shuni aytish mumkinki “Panhard et Levassor” kompaniyasi tomonidan olib kelingan). Yapon xalqi uchun bu xaqiqiy orzu va katta qiziqish va bir muncha ajablanishni olib kelgan.
Uzoq vaqt mobaynida Yaponiya avtomobil sohasida o’zining milliy brendiga ega bo’lmagan. Stanley1 kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan “locomobile”lar butkul chet eldan olib kelingan extiyot qismlardan yig’ilgan. Mayli bir qancha qiyinchiliklar bilan bu Yaponiya kompaniyasi dermiz, lekin barcha agregatlar chet elniki edi. 1907 – yilda iqtidorli injiner Ioshida o’zining imkoniyatlarini ikkinchi marotaba sinab ko’radi, natijada yuqori shovqin bilan ishlovchi to’liq ko’rinishga ega bo’lgan birinchi yengil avtomobilni yaratda, avtomobilga “Takiri” (tarjimada – g’ijjirlash) nomi beriladi.
1937 – yilga kelib Yaponiyada faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bir muncha jonlanadi va shu yilda hukumat subsidyalar haqidagi qonunni bekor qilib u bilan birgalikda avtomobil sanoati to’g’risida yangi qonunni qabul qiladi. Qonununlardan ko’zlangan maqsad asosan mamlakatda Amerika avtomobillarini ekspansiyalashuvini oldini olish va aholini extiyojini ichki ishlab chiqarish bilan qondirishga qaratilgan. Misol uchun 1930 – yilda Yaponiyada Amerika modellar soni taxminan 43 martta oshgan bo’lsa, 1935 – yilga kelib esa mashinalarning milliy ishlab chiqarishi ortadi, mamlakat jami bozorlarida ko’p bo’lmagan miqdorda ya’ni 5% lik o’sish kuzatilgan. 1937 – 1941 – yillar orasida Yapon avtomobillarining yillik o’sish xajmi har yili 27 % ni tashkil qilgan. 1930 – 1940 – yillar davomida hukumatni tashkil qilish va harbiy harakatlar uchun avtomobil ishlab chiqarish tartibli ravishda har yili 300 ming donaga oshirilib borilgan.
Avtomobil sanoati – Yaponiya iqtisodining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Birinchi jahon urushidan so’ng Yaponiyadagi avtomobil sanoati asosan AQSH uslubi va texnalogiyasi orqali barpo etilgan. 1930 – yilga kelib esa Yaponiya hukumati tomonidan qabul qilingan qonunga ko’ra mamlakat hududida joylashgan korxonalar davlat xisobiga o’tkazilgan. Shundan so’ng barcha Amerika kompaniyalari o’z faoliyatini qisqartira boshlagan. Qisqartirish davrida Yaponiya avtomobil sanoati jahon sanoatidan ortda qola boshladi. Urush yillarida esa Yaponiyada texnalogiya portlashi yuz berdi va texnika – texnalogiya mamlakatda yangi darajaga ko’tarildi, buning natijasida Yaponiya jahonda bu sohada o’z o’rniga ega bo’ldi.
Ikkinchi jahon urushida mag’lubiyatga uchragan Yaponiya inqirozga yuz tuta boshladi, rivojlanib borayotga avtomobil sanoati esa tashqi omillardan kirib kelayotgan cheklovlar orqali to’xtab qoladi. 1949 – yilga kelib, avtomobil sanoati demontaj qilinishi natijasida mamlakat hisobidan o’chiriladi va reparatsiya qilinib tashib chiqib ketiladi, shunga qaramasdan 1950 – yillarning boshiga kelib Yaponiya avtomobil sanoatida faoliyatni davom ettirish uchun katta kurash boshlandi.
Mamlakat tarmoqlaridagi talofat kam emasdi bu vaqtga kelib esa avtomobillar importi oshayotgan edi. Rasman importga cheklov 1949 – yilga kelib o’rnatildi lekin hamon Amerikaliklar tomonidan Avtomobillar tashib keltirilar edi.
Yaponiya banki va Moliya sohasidagilar avtomobil sanoatini kichik kapital hajmiga ega bo’lgan sanoat deb hisoblashgani sababli bu sohaga yetarli e’tibor berilmagan. Ichki savdo va sanoat vazirligi mutaxasislari esa bu fikrlarni rad qilib avtomobil sanoati “rivojlanayotgan sanoatlarning lokomativi” bo’lishi kerakligini takidlashgan. ISSV sanoatning rivojini ta’minlash uchun esa avtomobil importi va xususiy tarmoqlarni rivojlanishiga yo’l ochishni tavsiya qilgan.
1950 – yilning 26 – iyunida Koreyada urush boshlanadi. Qo’shma shtatlar urush taminotini Yaponiyadan olar edi. Yaponiya ta’minlagan maxsulotlar po’lat, avtomobillar, farmasevtika maxsulotlari, tekstil va boshqalar. Urushning birinchi oyini o’zida maxsulotlar xaridi uchun 9,4 mlrd yen (21,1 mln dollar) sarflangan. “Qurg’oqchilikdan so’ng barokat yomg’iri”, “Koreya xalqi xisobiga avtosanoat harididagi portlash” shu va shunga o’xshash sarlavhalar ostida Yaponiya gazetalari xabarlar bosib chiqaradi. AQSH urushning 8 – oyiga kelib 9,8 mlrd yenlik (27,2 mln dollar) 11 920 dona avtomobil sotib oladi. “Toyota” har oylik avtomobil ishlab chiqarishni 700 donadan 1000 donaga ko’taradi. “Agar Koreyada urush bo’lmaganda, - mamlakat avtomobil sanoati kuchli va tez rivojlanmas edi” deb Yaponiya iqtisodchilari takidlab o’tishgan.
Amerika maxsus buyurtmalarini ishlab chiqargan “Toyota”, “Nissan” va “Isuzu” kompaniyalari mamalakat sanoatining yetakchilariga aylandilar. Ushbu kompaniyalarning daromadlari oshdi va kapital xajmi bir necha barobarga ko’tarildi.
Avtomobil sanoatining ko’tarilishida asosiy rolni “Amerika avtomobillarini qayta tiklash dasturi” o’ynaydi. Bu dastur 1945- yillarda amal qilgan ya’ni AQSH va Yaponiya Tinch okeani teatri xarbiy xarakatlariga safarbar qilinganda. Ushbu dasturni keyingi avtomobil sanoatiga katta ta’siri Koreya urushi davrida ko’ringan, ya’ni har oyda 4 ming dona avtomobil qayta tiklangan bu esa o’sha davrda yangi 30 ming ish o’rnini yaratilishiga sababchi bo’lgan, bir necha o’nlab kompaniyalarning asosiy ish faoliyati Amerika texnikasini remont qilish bilan o’tgan.
Hukumat sohaning rivojlanishini qattiq nazorat ostiga oladi. Rivojlanishning moliyaviy tomoni esa asosan AQSH armiyasi uchun olingan buyurtmalar asosida amalga oshirilgan, asbob – uskuna va jihozlarning yangilanishi natijasida Yaponiya avtomobil sanoatidagi rivojlanish tez sur’atlarda o’sa boshladi. 1950 – yillarda avtomobil sanoati sohalariga kiritilayotgan investitsiyalar ko’rsatkichi ikkinchi o’rinda turgan bo’lsa, 1960 – yildan boshlab bu soha investitsiya qabul qilish bo’yicha birinchi o’ringa ko’tarilgan.
1960 - yilda Yaponiyaning yirik avtomobil kompaniyalari ishlab chiqarish – tashkilotlari tizimida tubdan qayta qurish ishlarini olib boradilar. Kompaniyalar bu borada bir nechta bosqichlarni ishlab chiqadi, bu bosqichlar ketma – ket tizimda o’zaro bog’liq bo’lgan holda qattiq reja asosida tashkil qilingan edi. Hozirgi vaqtda ham Yaponiyada bir qancha avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchinchi, to’rtinchi va hattoki beshinchi bosqichdagi qo’shimcha bosqichlardan foydalanadi. Bu bosqichlar ilk ko’rinishda huddi qo’polga o’xshaydi lekin ishlash jarayoni benuqson, hech qanday uzilishlarsiz qattiq reja asosida va ishning boshqarilishi osonligi shuningdek xar bir bo’lim subbo’limlarga ega ekanligi bilan boshqa tizimlardan ajralib turadi. Xuddi shunga o’xshash piramidalik tizim bilan har bir kompaniya oylik, haftalik va hattoki kunlik ishlab chiqarish va yuklash ishlari haqida ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega. Bu esa o’z navbatida asosiy ishlab chiqarishga va korxonaning subbosqichlariga uskuna va jihozlarni qanday yuklash va maksimal darajada effekt berishini ta’minlaydi. Bu qayta qurishning eng asosiy natijasi shundaki, ishlab chiqarishdagi xarajatlarning kamayishi va jahon bozorida Yaponiya mahsulotlarining raqobatbardoshlik darajasini oshishiga olib keladi.
Birinchi urinish mamlakat avtomobil bozori rivojlanishidagi yemirilishlarni to’htatdi. Yapon avtomobillarini narxi uncha yuqori bo’lmasada, ularning sifati jahon standartlariga bemalol mos keladi.
Davlat oldiga qo’yilgan asosiy maqsad shu ediki yapon maxsulotlariga ishonchni oshirish, birinchi navbatda avtomobilga bo’lgan ishonchni oshirish bu esa asosan sifat borasidagi kurashga bardosh berish edi. Bu jarayonga shunchaki e’tibor berish kerak emas edi, shuning uchun ham 1960 – yilning oxiriga qadar yapon avtomobil sanoati tashqi bozorda avtomobillarga ishonch paydo bo’ldi, buning asosiy sababchisi avtomobil ishlab chiqarish uchun alohida tiziming yaratilgani, ishlab chiqarishni optimal masshtabda ta’minlangani, xarajatlarning yuqori emasligi va asosiysi ishlab chiqarilgan avtomobilning yuqori sifatga egaligi, bunda har bir ish o’rning qattiq nazorat ostiga olingani, ishchilarning yuqori malakaga ega ekanligi sabab bo’la oladi.
1960 – yilga kelib avtomobil qurilishi nafaqat boshqa sohalarning balki mamlakat iqtisodiyotining “lakomativiga” aylandi. Ishlab chiqarish sur’ati bir yil mobaynida Yaponiya iqtisodini jahonda hayron qolarlik darajaga olib chiqdi. Birinchi qadamning o’zidayoq soha uchun qanchalik qiyin bo’lsada ishlab chiqarilgan maxsulot eksportga yo’naltirildi. Yana shuni takidlab o’tish joizki mamlakat ichki bozorida ham 1960 – yilning o’rtalarida ancha ko’tarilishlar sezildi, shu sababli eksport 1970 – yilga qadar 20 % dan oshirilmadi. Mamlakat jami eksportining 1970 – yildagi holatini 8,2 %ini avtomobillar savdosi tashkil qilgan. Bu yili ishlab chiqarilgan 3 mln 179 mingta avtomobilning 726 mingi eksport qilinganini bildirar edi.
1970 – yil Yaponiya avtomobil kompaniyalari uchun omadli yil xisoblanadi. Aynan shunda jahon bozorida “Yaponiya” bosqichi e’tirof etilgan edi. 1973 – yilga kelib jahonda “Neft shok”i bo’ldi, bu esa jahonda benzin narxining oshishiga olib keldi. O’z navbatida xaridorlar talabi kam xarajatli yani tejamkor avtomobillarga o’zgaradi, mana shunday avtomobillar ustida Yaponiya mutaxasislari uzoq yillar mobaynida ish olib borishgan. AQSH bozorlaridagida xaridorlar Yaponiyada ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun oylab kutishga ham tayyor edi. Amerikada joylashgan dillerlar Yaponiyaga avtomobillar jo’natilishini tezlashtirish uchun tez tez borishar edi. 1974 – yilga kelib Yaponiya avtomobil eksporti bo’yicha Germaniyani ortda qoldiradi va shuday bo’lsada bu natijalar bilan Yaponiya birinchi o’rinni egallay olmagan.
1980 – yil Yaponiya ilk bor 10 million chet el avtomobillarini raqobatda ortda qoldiradi, aynan shu yili konveyrda 11 043 dona avtomobil yuborilgan. Yaponiya mana shunda ko’rsatgichlar bilan avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha birinchi o’ringa ko’tariladi va bu ko’rsatgichni 15 – yil mobaynida ushlab turildi. Bugungi kunda Yaponiyada aynan avtomobil ishlab chiqarishda ayrim sabablarga ko’ra qisqarish yuz bergan, bunday sabablarning bo’lishinig biri yen kursining o’sishidur. AQSH yana bu ko’rsatgichlar bo’yicha birinchi o’ringa ko’tarilib olgan. Lekin endi bu Yapon kompaniyalar boshliqlarini bu holat o’ylantirmas edi. Ular ancha oldin 1980 – yillarning o’rtalarida ishlab chiqarishni mamlakat tashqarisida tashkil qilishni amalga oshirishni boshlashgan, shu jumladan bir nechta davlatlar qatorida AQSHda ham ishlab chiqarish tashkil qilingan.
Yaponiya global “Avtomobil ishlab chiqarishini rivojlantirish dasturi”ga asosan hamkorlikda faol qatnashardi, avtomobil sanoati rivojlanagan yetti mamlakatlar bilan yaxshi hamkorlik qilar va shu yettilikning o’zi ham a’zosi edi (AQSH, Yaponiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Fransiya, Italiya, Buyuk Britanya, Shvetsiya). Bu mamlakatlar jahonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar xajmining ¾ qismiga, sotilayotgan har bir yangi avtomobillarning 2/3 qismiga egalik qilgan. Barcha qatnashchilarning dasturga kiritilgan umumiy qoidalari mavjud bo’lgan, bular savdodagi cheklovning qat’iyligi, proteksionizm va dastur qatnashchisi bo’lmagan avtomobil sanoati rivojlangan mamlakatlardan himoyalanish.
Yaponiya kompaniyalari ichki bozorlarni milliy mahsulot bilan to’ldirish, bandlikni ushlab turish, asosiy texnalogik sirlarni mamalakat ichkarisida saqlab qolishi zarur edi. Ishlab chiqarishni chet elga ko’chirish, mamlakat ichkarisida esa avtomobil ishlab chiqarishni asosiy qismini olib qolish aosiy maqsadlardan biri bo’lgan bular – divigatel va uzatmalar qutisi. Bunday aloqalar tizimi Yaponiya kompaniyalari eksportini oshiradi va nafaqat mamalakt ichidagi chet eldagi avtomobil yig’ilib komplekt holatga keltiriladigan zavodlarning ham eksportini oshiradi.
Информация о работе Yaponiya avtomobil sanoatining rivojlanish yo’nalishlari