Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 31 Марта 2013 в 09:02, реферат

Краткое описание

Har qaysi davlat huquq tizimida bir talay qonunlar mavjud bo'ladi. Ammo ular orasida eng asosiysi deb e'tirof etiladigan birdan-bir qonun mayjudki, u ham bo'lsa, konstitutsiyadir. Lotincha «constitutio» so'zining tarjimasi, «nizom, qoidalar» degan ma'nolarni anglatadi. Xo'sh, konstitutsiya nimani belgilab beradi?
Konstitutsiya jami-yat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda faoli-yatining asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolaming asosiy huquqlari va burchlarini belgilab beradi. Qolgan barcha qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bu esa davlatning har bir normativ hujjati konstitutsiyaga mos kelishi shart ekanligini anglatadi.

Прикрепленные файлы: 1 файл