Автор работы: Пользователь скрыл имя, 22 Января 2014 в 13:34, лекция
Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) fikricha,insoniyat o’z taraqqiyotida qonuniy ravishda gumanizmga keladi,ya’ni ular tabiat tomonidan ato etilgan kuchlarni o’zlarining tafakkur va axloqini mukammallashtirish,bir-birlariga ijobiy ta’sir ko’rsatish yo’lida sarflaydilar.Gerderning fikricha,insoniyat tarixi quyosh sistemasi tarixining bir qismidir.Tarixiy taraqqiyot,uning fikricha,uchun ilgari yuz bergan kosmologik taraqqiyot bilan bog’langan.Gerder inson va hayvonot olamining o’zaro bog’liqligini qat’iy ta’kidlagan.Insonning ustunligi uning tik yura olishidir.Hayvonlarda hid va ta’m sezgilari rivojlangan,odamda esa ko’rish sezgisi kuchliroq,uning qo’llari ozod bo’lgani sababli unda yaratuvchilik faoliyati, ayniqsa sa’nat taraqiy etgan.
NEMIS KLASSIK FALSAFASI VAKILLARINING IJTIMOIY QARASHLARI
Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) fikricha,insoniyat o’z taraqqiyotida qonuniy ravishda
gumanizmga keladi,ya’ni ular tabiat tomonidan ato etilgan kuchlarni
o’zlarining tafakkur va axloqini mukammallashtirish,bir-
XVIII asrning 70-yillaridan boshlab Kant faoliyatining ikkinchi davri boshlanad iva < sof aqlni tan’qid> (1781), <<prolegomentlar>> (1783), <<Muxokama qobilyatini tanqid>> (1790) kabi asarlarida o’zining transstendantal yoki tanqidiy idealizm tizimini asoslaydi. Bu asarlarida u o’z etiborini insonning bilish qobilyati va imkonyatlarini taxlil qilishga qaratib, abektiv reallikning mavjudligini etirof etadi va uni <<narsa o’zida>> deb aytadi. Lekin uningcha <<narsa o’zida>> ni bilish mumkin emas.
Kanning fikricha, <<narsa, predmetlar bizning ongimizdan tashqari mavjud, lekin ular nimadan iborat ekanligini biz bilmaymiz va xech qachon bila olmaymiz xam... Biz obektlarning bizning sezgilarimizga qanday tuyulsa shunday bilishimiz mumkin, ammo aslida ular qanday, buni biz bila olmaymiz>>.
Kant inson bilimini ikki guruhga ajratadi: 1. Tajriba asosida hosil bo’ladigan bilimlar (aposteriori) . 2. Tajribagacha yoki unga bog’liq bo’lmagan bilimlar (apriori). Fazo, vaqt, sababiyat kabi tushunchalar aprior bilimlar shakli bo’lib, bular tajriba natijasida hosil qilinadigan bilimlardan ustun turadi. Tajribaviy bilimlar aloxida-aloxida olingan, bir-biri bilan bog’lanmagan xodisalarni ifodalasa,tajribagacha bo’lgan aprior bilimlar esa xodisalar o’rtasidagi umumiy sababiy va zaruriy bog’lanishlarni,ya’ni qonuniyatlarni ifodalaydi.
Dunyo qonuniyatlarining obyektiv xususiyatga ega ekanligini Kant mutlaqo tan olmaydi.Uning fikriga ko’ra,kishilarning idroki tabiatga qonunlar ato qiladi. shuning uchun xam inson aqli tabiatga moslashishi kerak emas, balki tabiat inson aqliga moslashishi lozim.
Информация о работе Nemis klassik falsafasi vakillarining ijtimoiy qarashlari