Автор работы: Пользователь скрыл имя, 30 Апреля 2012 в 10:14, реферат
XX asrning oxirgi o`n yilligi va XXI asrning birinchi o`n yilligi xalqaro jamiyatchilik ongini, xalqaro munosabatlar strukturasini va jahon geopolitik tizimini yangi va o`z navbatida shaffof lekin yanada murakkab darjaga olib chiqdi. Jahon yangi bir erani boshladi. Bu eraning o`ziga xos xususiyatlaridan biri unda integratsion jarayonlarning kuchayishi, xalqlar va davlatlar o`rtasida hamkorlikning jadal su’ratlarda rivojlanishi, ularning o`zaro bir biriga bog`liqligining oshishi, xalqaro munosabatlarning xalqaro tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar, alohida faoliyat yurguzuvchi katta ta’sirga ega bo`lgan jismoniy shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlar, jamiyatchilik ongiga kuchli ta’sir kursata oladigan ommaviy axborot vositalari singari yangi ishtirokchilari paydo bo`ldi.
ShHT tashkil topayotganda asosiy hamkorlik masalalari uchta tahdid, ya’ni separatizm, terrorism va ekstremizmga qarshi kurashga qaratilishi ko`zda tutilgan edi. Ammo hamkorlikning keyingi yillarida, tashkilotning faoliyat doirasi ancha kengaydi. Bunga 2003 yil Xitoy tomonidan tashkilot doirasida erkin iqtisodiy hudud tuzish va erkinlashtirilgan iqtisodiy hamkorlikni yo`lga qo`yish taklifi kiritilgan. Bunga asosiy sabab MO mintaqasini Xitoy o`zining mahsulotlariga juda qulay bozor sifatida qaramoqda. SSSR parchalanishidan so`ng juda tez sur’atlarda rivojlanib kelayotgan Xitoy iqtisodi yangi bozorlarga ehtiyoj seza boshladi. Shundan kelib chiqqan holda, umumiy Xitoy tashqi siyosatida savdo-iqtisodiy masalalar keyingi yillarda asosiy mavzu bo`lib kelmoqda. 2001 yil XXRning JSTga (ВТО) to`laqonli a’zo sifatida kirishi bunga yaqqol dalil bo`lishi mumkin. Iqtisodiy masalalarda Xitoyning mintaqaviy tashkilotlar doirasida o`zining iqtisodiy diplomatiyasini olib borishi esa umumiy Xitoy tashqi iqtisodiy diplomatiyasining bir yo`nalishi hisoblanadi.
Shuni ta’kidlab o`tish kerakki, Xitoyning ShHT doirasidagi iqtisodiy diplomatiyasini o`zagini energetik diplomatiya tashkil etadi. Bunga sabab energo resurslarga boy mintaqa davlatlari bu turdagi materiallarga ehtiyoji o`sib borayotgan Xitoy iqtisodi uchun qulay xom ashyo bazasi vazifasini o`tashi mumkin. Xitoyning tez iqtisodiy o`sishi uning energo resurslarga bo`lgan ehtijoning tez o`sishiga asos bo`ldi. Misol uchun 1995 va 2005 yillar oralig`ida Xitoyning energo resurslarga bo`lgan ehtiyoji ikki baravariga oshib, Yaponiyani ortda qoldirib, dunyoda energo resurslarni iste’mol qilish bo`yicha ikkinchi o`ringa olib chiqdi. Xalqaro Energetika Agentligining 2010 yilgi hujjatlarida Xitoyning 2009 yilgi neft mahsulotlarini iste’mol qilishi kuniga 4,1 mln va 2010 yil 4,5 mln barrelni tashkil etgan. Prognoz ma’lumotlarga ko`ra 2020 yilga kelib Xitoyning kunlik neftga bo`lgan ehtiyoji 12 mln barrelni, 2030 yilga kelib esa 16 mln barrelni tashkil etadi, shulardan import qilinadigan neft 2020 yilda 7 mln va 2030 yilda 11 mln barrelni tashkil etishi bashorat qilinmoqda[25].
Neft bilan bilan birgalikda gazga bo`lgan Xitoy ehtiyoji ham oshib bormoqda. Xitoyning milliy neft kompaniyasining ma’lumotlariga ko`ra Xitoyning yillik gazga bo`lgan ehtiyoji 2009 yil 8,3 mlrd kub m ni, 2010 yil esa 10 mlrd kub m ni tashkil etgan[26].
Bu boradagi tahlikali vaziyat shundan iboratki, Xitoy import qiladigan energo resuralarning 50% Yaqin va O`rta Sharq mintaqasiga to`g`ri keladi. Prognozlarga qaraganda, 2015 yil bu ko`rsatkich 70%gacha ko`tarilishi mumkin[27]. Bu esa Xitoyni noqulay ahvolga soladi. Bunga sabab, bu mintaqadagi siyosiy barqarorsizlik bilan bog`liq. Aynan shuning uchun ham XXR o`zining energo resurslarini yetkazib beruvchi mintaqa va davlatlarni kengaytirish va diversifikatsiya qilishga intilmoqda[28]. MO mintaqasi esa bunga juda qulay imkoniyat bo`ladi. MO davlatlaridan Turkmaniston va O`zbekiston gaz resurslariga boy bo`lsa, Qozog`iston neft zahiralariga juda boy hisoblandadi. Qirg`iziston va Tojikiston esa kelajakda XXRganing g`arbiy hududlariga GES hisobiga olinadigan elektr energiyasini eksport qilishi mumkin. Undna tashqari ShHT ga a’zo Rossiya Federatsiyasi ham dunyodagi gaz va neft zahiralari bo`yicha yetakchi o`rinni egallaydi. Aynan shu sababli ShHT diorasida 2008 yil Xitoy tomonidan energetik klub tashkil etish g`oyasi olg`a surilgan. Bu tashabbusning amaliy harakatlari o`laroq Turkamniston-O`zbekiston-
Xitoy o`zining energetik diplomatiyasini quyidagi maqsadlarga qaratilgan[29]:
AQSh nazorati ostidagi Fors ko`rfazidan keluvchi neftga bog`liqlikdan ozod bo`lish
AQSh ta’siridan yiroq bir guruh neft eksport qiluvhi davlatlar bilan yaxwi aloqalarni yo`lga qo`yish, shu orqali AQShning neftning transportirovkasiga ta’siridan qutulmoqchi
MO davlatlari va Rossiya Federatsiyasidan energo resurslarni eksport qilishni ko`paytirish. Chunki bu mintaqadan eksport qilinadigan energo resurslar quruqlik orqali amalga oshirilshi sababli AQSh bunga hech qanday ta’sir o`tkaza olmaydi.
2006 yil ishga tushgan Qozog`istonning Atasu shahridan Xitoyning Alanshankou shahrigacha yetgan neft quvuri 962,2 kmni tashkil etib bu quvur yiliga 20 mln tonna neftni o`tkazish salohiyatiga ega. Kelajakda bu quvurni Kaspiy dengizigacha tortib borish rejalashtirilgan.
Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekiston bilan ikki tomonlama aloqalari.
O`zbekiston uchun Xitoy bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlik juda muhim o’rin egallaydi. Ikki tomonlama iqtisodiy va siyosiy hamkorlik o`zaro manfaatlar, ichonch va hurmat tamoyillariga asoslangan holda rivojlanmoqda[30]. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ta’kidlashicha, O`zbekiston va Xitoyning ko`plab mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy va siyosiy sohalardagi pozitsiyalari o`xshash va bir biriga mosdir[31].
Xitoy va O`zbekiston o`rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yil 2-yanvar, ya’ni MO davlatlari orasida birinchi bo`lib o’rnatilgan bo’lib, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik yil sayin oshib bormoqda. Ikkila tomonning katta iqtisodiy potensialga ega bo`lishiga qaramay, 2002-yilgacha ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik juda past darajada bo`lib, ular faqat kichik miqiyosdagi savdo aloqalari bilan cheklangan.
Ikki tomonlama aloqalarning jonlanishi 2003-2004 yillarga to`g`ri keladi. Bunga sabab, 2004-yilda XXR Raisi Xu Tzintaoning Toshkentga qilgan tashrifi bo`ldi. Ushbu tashrif natijasi o`laroq siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnik va gumanitar sohalarda bir qator shartnomalar imzolandi. Toshkent va Pekinning ikki tomonlama aloqalarining jonlanishiga yana bir omil, O`zbekiston bilan g`arb davlatlari o`rtasidagi aloqalarning sovuqlashishi bo`ldi.
2005-yilga kelib ikki davlat rahbarlari ikki marta uchrashishdi (may oyida Pekinda va iyul oyida Ostona shahrida). Natijada XXR O`zbekiston bilan 20 dan oshiq investision va kredit shartnomalarini imzoladi. Bu shartnomalarning umumiy qiymati 1,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, undan 600 mln dollarlik qismi neft va gaz sohasiga mo`ljallangan edi. Shu yili yuqori darajadagi uchrashuvlar davom etib, Toshkentda Xitoy bosh vaziri ishtirokida o`zbek-xitoy biznes forumi o`tkazildi va 473 mln AQSh dollarlik 8 ta shartnoma imzolandi[32].
Intensiv rivojlanib kelgan ikki tomonlama iqtisodiy diplomatiyaning natijasi o`laroq, 1992-2002 yillar ikki tomonlama tovar aylanmasi yilga 136 mlndan oshmagan bo`lsa, 2008 yilga kelib umumiy ikki tomonlama tovar aylanmasi 1.335 mln dollarni tashkil etdi. 2009 yilga kelib esa xitoy-o’zbek tovar aylanmasi oldingi yilga qaraganda 43%ga oshib, 1.910 mln AQSh dollarini tashkil etdi[33].
Bu turdagi ikki tomonlama iqtisodiy diplomatiyaning jadal sura’tlarda o`sishiga bir tomondan, ShHT doirasidagi hamkorlik turtki bo`lgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, Xitoyning eksportni qo`llab quvvatlash maqsadida amalga oshirgan imtiyozli kreditlar loyihasi juda yaxshi stimul vazifasini bajardi. Bu loyiha doirasida XXR hukumati O`zbekistonga Xittoyda ishlab chiqarilgan mahsulot va uskunalrni sotib olishga imtiyozli kreditlar ajratdi. Xitoyning O`zbekistonda amalga oshirayotgan yirik investision loyihalarining asosiy yo`nalishlari sifatida neft va gaz sohasi, elektroenergetika sohasi, kimyoviy sanoat sohasi, transport sohasi va agrar sohalarini belgilasa bo`ladi.
Neft va gaz sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka Xitoyning milliy neftegaz kompaniyasi bilan O`zbekistonning “O`zbeknetegaz” milliy xolding komponiyasi o`rtasida imzolanga 2004 yilgi shartnoma asos bo`ldi. Bu shartnoma asosida:
“Turkmaniston-Xitoy” gaz quvurining O`zbekistondagi qismi qurilishi loyihasi;
Farg`ona vodiysidagi neft konlarining o`zlashtirilish loyihasi;
Ustyurt platosida va Buxoro-Xiva neftgaz konlarida geologikrazvedkani amalga oshirish va ulardan foydalanishni yo`lga qo`yish loyihasi;
Orol dengizining O`zbekiston hududida geologikrazvedkani amalga oshirish va ulardan foydalanishni yo`lga qo`yish loyihasi;
Muborak GPZ da suyuq gaz kondensatini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishni moliyalashtirish va qatnashish loyihasi;
O`zbekiston hududida neftgaz uskunalarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish loyihasi va boshqalar.
Xitoy energetika sohasida neft va gazdan tashqari elektrenergiyasi borasida ham O`zbekistonda faol ishtirok qilmoqda. Xitoy O`zbekiston Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi “Uzsuvenergo” kompaniyasi bilan hamkorlikda kichik GES qurilishi loyihalarida ishtirok etmoqda. Bu turdagi loyihalar Xitoyning EKSIM banki kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Bu turdagi yirik loyihalarga quyidagilarni misol qilsa bo`ladi[34]:
Andijon MGES-2 ning qurulishiga Xitoyda ishlab chiqilgan uskunalarni yetkazib berish loyihasi;
Ohangaron MGES ni rekonstruksiya qilish va unga Xitoyda ishlab chiqilgan uskunalarni yetkazib berish loyihasi;
To’palang MGES ning ikkinchi blokining qurilish loyihasi.
Transport kommunikatsiya sohasida O`zbekiston Xitoy iqtisodiy diplomatiyasida muhim bo`g`in hisoblanadi. O`zbekiston Xitoy bilan umumiy chegaraga ega bo`lmagani uchun, O`zbekiston Xitoy bilan aloqalarini Qozog`iston va Qirg`iziston orqali olib bormoqda. Kelajakdagi transport kommunikatsiya loyihalarida esa, O`zbekiston xalqaro bozorlarga, xususan Fors ko`rfazi va Yaqin Sharqqa chiqish uchun tranzit davlat sifatida fundament bo`lishi mumkin. Xususan, XXRda MO mintaqasida bu borada bir necha yirik transport kommunikatsiya tizimini rivojlantirish bo`yicha yirik loyihalar rejalashtirilgan. Ularga quyidagilar kiradi[35]:
“O`zbekiston-Qirg`iziston-
“O`zbekiston-Qirg`iziston-
Ammo, 2008- yilda boshlangan xalqaro moliyaviy inqiroz, Qirg`izistondagi notinch siyosiy vaziyat, va MO mintaqasi davlatlarining transpot kommunikatsiyalarini rivojlantirishdagi sust faoliyati sababli bu loyihalar haligacha reja sifatida qolgan. Bu loyihalarning amalga oshirilishi borasida biron muhim kelishuvga kelinmaganligi tufayli, bu loyihalarning yaqin kelajakdagi holati qanday bo`lishi haqida mutaxasislar faqat sub’yektiv o`z prognozlarini bera oladilar, xolos. Uzoq kelajakda esa bu loyihalarning amalga oshirilishi tabiiy ko`rinadi, chunki tez rivojlanib kelayotgan Xitoy iqtisodiyoti, va o`z iqtisodiyotlarini tiklayotgan va jahon globalizatsiya jarayonlariga integrashayotgan MO davlatlari manfaatlari uchun ham bu turdagi xalqaro transport magistrali juda muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XXR Raisi Xu Szintaoning taklifiga binoan 2011-yil 19-20 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldi. Bu uchrashuvlar davomida XXR Raisi Xu Szintao O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro munosabatlarning yangi davriga, sifat jihatdan yangi bosqichiga qadam qo‘yayotganini, bu bosqich yuqori texnologiyalar sohasida keng ko‘lamli hamkorlik boshlangani bilan izohlanishini ta’kidladi[36].
Tashrifning ikkinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Ven Szyabao bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlarining muzokarasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yaqin yillarda tubdan kengaytirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi[37].
O‘zbekiston rahbari Butunxitoy xalq vakillari kengashi Raisi U Bango bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida davlatlararo hamkorlik va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zi joylashgan qarorgohda XXR tashqi ishlar vaziri Yan Szechini qabul qildi. Konstruktiv va o‘zaro manfaatdorlik ruhida o‘tgan suhbat asnosida O‘zbekiston va Xitoyning siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorligiga doir g‘oyat muhim masalalar, mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XXR savdo vaziri Chen Demin hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashdi. Yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalar ijrosining istiqbollari va O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga Xitoy sarmoyasini jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xitoyning yetakchi banklari qo‘shma loyihalarni moliyalashtirishga tayyor ekanini bildirib, tashrif doirasida qo‘shma sarmoyaviy loyihalar ijrosi uchun ular tomonidan O‘zbekistonning to‘rt bankiga umumiy qiymati 1,5 milliard AQSh dollariga teng yangi kredit liniyalari ochilganini ma’lum qildi[38]. Shuningdek, Xitoy Xalq banki bilan O‘zbekiston Markaziy banki o‘rtasida so‘m va yuan ayirboshlash to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu sarmoya va savdo sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Ikki davlatlar orasida parlametlar aro hamkorlik ham muhokoma qilindi[39].
XXR Raisi Xu Szintao O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Xitoy iqtisodiyotining tez o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qoplash uchun O‘zbekistondan strategik xomashyo tovarlarni yetkazib berish sezilarli darajada kengaytirilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Buning natijasida, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi besh yilda to‘rt barobardan ziyodroq oshdi.
Bu borada Xitoyga uzoq muddatli va muttasil ravishda paxta tolasi, tabiiy gaz, uran konsentrati, rangli metallar, nodir va kamyob elementlar, mineral o‘g‘itlar kabi strategik tovarlar yetkazib berishni yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan tomonlar Strategik tovarlar savdosi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning amal qilish muddatini 2020 yilgacha uzaytirishga kelishib oldilar.
XXR rahbariyati tashrif asnosida “O‘zbekiston-Xitoy” gaz quvurining uchinchi tarmog‘ini barpo etish to‘g‘risidagi bitim imzolangani muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shu tariqa quvurning gaz uzatish quvvati yiliga 25 milliard kub metrga yetkaziladi.
Tashrif doirasida kimyo, neft-gaz, energetika, transport sohalarida yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar, jumladan, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodining ikkinchi navbatini barpo etish, Angren shahrida avtomobillar va qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishni tashkil qilish, konveyer lentasini ishga tushirish, shuningdek, butadion kauchuk, suyultirilgan tabiiy gaz, metanol, monoxloruksusli kislota ishlab chiqarish, issiqlik elektr stansiyalarida yangi energiya bloklari qurish, ko‘mir sanoatini modernizatsiya qilish va rivojlantirish, zamonaviy elektrovozlar yetkazib berish kabi yo‘nalishlarga qaratilgan.
XXRning yetakchi telekommunikatsiya kompaniyalari – “Xuavey” va “ZTE” bilan qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Transport-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, O‘zbekiston va Xitoyni bog‘laydigan ishonchli koridorlar barpo etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Sharqiy Xitoy – Navoiy aeroporti – Yevropa havo yo‘lini ochish hamda O‘zbekiston va Xitoyni eng qisqa yo‘llar bilan bog‘laydigan temir yo‘l magistralini barpo etish masalalari muhokama qilindi[40].
Tashrifning yana bir muhim natijasi O‘zbekiston bilan XXR o‘rtasida oliy darajadagi hamkorlik qo‘mitasi tuzish to‘g‘risidagi kelishuv bo‘ldi. Bu bilan ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni tizimli rivojlantirish uchun ishonchli institusional asos yaratiladi.
Tashrif yakunlariga doir eng muhim hujjat davlatlar rahbarlari imzolagan O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Qo‘shma deklaratsiya bo‘ldi. Unda hamkorlikning bugungi holati va uni uzoq muddatli asosda rivojlantirish istiqbollariga berilgan baho o‘z aksini topgan.
Umuman, tashrif asnosida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajadagi 25 dan ziyod hujjat imzolandi. Erishilgan kelishuvlar doirasida bir qator sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Ularning umumiy qiymati 5 milliard AQSh dollaridan oshadi[41].
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
I. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari:
1. Каримов И.А., Бизнинг бош максадимиз – жамиятни демократиялаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир / Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. – Т.: Ўзбекистон, 2005. 13-жилд. – Б. 195.
2. Karimov I.A., O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O`zbekiston, 1997. B.299
II. Monografiyalar va maxsus adabiyotlar:
1. Мавланов И.Р. Экономическая дипломатия: Учебник. Том 1./Ташкент :УМЭД, 2007.С.54
2. Исаджанов А.А. Жахон иктисодиётининг глобаллашуви: Тошкент:ЖИДУ,2008 .Б.83
3. Парамонов В.В., Строков А.В., Столповский О.А., Россия и Китай в Центральной Азии: политика, экономика, безопасность. – Бишкек: 2008г. С.157
4. Олейников E.А., Экономическая и национальная безопасность: Учебник. – М.: Изд-во «Экзамен», 2004. С.64
5. Паньков В. Экономическая безопасность: мирохозяйственный и внутренний аспект. Внешнеэкономические связи. 1992. Вып. 8. С.5-18
6. Бжезинский З. Великая шахматная доска. Господство Америки и его геостратегические императивы.–М.: Международные отношения, 1999. С. –197.;
7. Торкунов А.В., Остроухов О.Л., Свешников А.А. и др. Китай в мировой политике. М.: РОССПЭН, 2001. С.321.
8. Лаумулин М.Т. Центральная Азия в зарубежной политологии и мировой геополитике. Том V: Центральная Азия в XXI столетии – Алматы: КИСИ при Президенте РК, 2009. – C. 155
9. Чжао Хуашэн. Чжунгодэ Чжунъ Я Вайцзяо, Дипломатия Китая в Центральной Азии, Пекин: Шиши чубаньшэ (Издательство актуальных политических проблем), 2008. 494 с.
10. Казанцев А.А. «Большая игра» с неизвестными правилами: мировая политика и Центральная Азия. - Москва: Наследие Евразии, 2008. – С. 223-231.
III.Xorijiy tillardagi adabiyotlar:
1. World economic councel, People's Republic of China Economic and Policy Research, May 8, 2011,
2. Xing Guangcheng. Security Issues in China’s Relation with Central Asian States// Ethnic challenges beyond borders. Chinese and Russian Perspectives of the Central Asian Conundrum / Ed. by Yongjing zhang and Rouben Aziziah. L., 1998. P. 203–217.
3. Chinese Statistical Yearbook 2008 and 2006, Russia’s Federal State
Statistics Services and U.S. Census Bureau
4. Melvin Ember, Carol R. Ember, and Ian Skoggard, eds., Encyclopedia of Diasporas: Immigrant and Refugee Cultures around the World (New York: Springer, 2005), Korea section.
IV.Xalqaro munosabatlar yilnomalari, jurnallar va ro’znomalar:
1. Тамбовцев В.Л. Экономическая безопасность хозяйственных систем: структура, проблемы. Вестник МГУ. Сер.6. Экономика. 1995. №3. С.3
2. Журнал "Центральная Азия и Кавказ". "Китай: стратегические интересы в Центральной Азии и сотрудничество со странами региона", Швеция. 2001. №5 (17), С.119
3. Электронный аналитический портал «Время Востока», Раздел: Дальний Восток, Аналитика, Китай, Автор: В.Парамонов, А.Строков, О.Столповский, Экономическое присутствие Китая в Казахстане, 27.05.2009, http://www.easttime.ru/
4. Узбекистан и Китай: на пути к новым вершинам сотрудничества // http://www.jahonnews.uz/rus/
5. Шире ШОС // Шанхайская шестерка ждет Индию и Пакистан и не собирается прогонять из Средней Азии американских военных. Газета "Коммерсантъ" № 104 (4404) от 11.06.2010.
6. O`zA: O`zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi yakunlariga doir, 21.04.2011, http://uza.uz/uz/politics/
7. Премьер Госсовета Китая встретился с президентом Туркменистана // Сообщение информационного агентства «Синьхуа» от 19.07.2007.
Информация о работе Xitoyning ShHT doirasidagi Markaziy Osiyodagi manfaatlari