Nemis klassik falsafasi vakillarining ijtimoiy qarashlari

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 22 Января 2014 в 13:34, лекция

Краткое описание

Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) fikricha,insoniyat o’z taraqqiyotida qonuniy ravishda gumanizmga keladi,ya’ni ular tabiat tomonidan ato etilgan kuchlarni o’zlarining tafakkur va axloqini mukammallashtirish,bir-birlariga ijobiy ta’sir ko’rsatish yo’lida sarflaydilar.Gerderning fikricha,insoniyat tarixi quyosh sistemasi tarixining bir qismidir.Tarixiy taraqqiyot,uning fikricha,uchun ilgari yuz bergan kosmologik taraqqiyot bilan bog’langan.Gerder inson va hayvonot olamining o’zaro bog’liqligini qat’iy ta’kidlagan.Insonning ustunligi uning tik yura olishidir.Hayvonlarda hid va ta’m sezgilari rivojlangan,odamda esa ko’rish sezgisi kuchliroq,uning qo’llari ozod bo’lgani sababli unda yaratuvchilik faoliyati, ayniqsa sa’nat taraqiy etgan.

Прикрепленные файлы: 1 файл