Amerika Qo’shma Shtatlari

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 08 Декабря 2013 в 23:32, реферат

Краткое описание

AQSHning iqtisodiy-geografik tasnifi
AQShning XX asrdagi iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
AQShning iqtisodiyoti tarkibi va xususiyatlari
Yaqin o’tmishdagi eng so’nggi ma’lumotlar

Прикрепленные файлы: 1 файл

Amerika Qo’shma Shtatlari.doc

— 142.00 Кб (Скачать документ)

O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti

Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

 

 

 

   Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatlari

 

  Tekshirdi: Davletov Islombek

  Bajardi: Sadikov Sherzod

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent-2008

 

Reja:

 

  1. AQSHning iqtisodiy-geografik tasnifi
  2. AQShning XX asrdagi iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
  3. AQShning iqtisodiyoti tarkibi va xususiyatlari
  4. Yaqin o’tmishdagi eng so’nggi ma’lumotlar

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

AQShning iqtisodiy-geografik tasnifi

 

     AQSH Shimoliy Amerikaning qoq markazida joylashgan jahonning eng yirik davlatlaridan hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 3718 kv. milya ya’ni 9631 kv. kilometrni tashkil qiladi. AQSH aholi soniga ko’ra ham dunyoda yetakchi o’rinda turadi. 2007-yil so’nggi ma’lumotlariga ko’ra aholi soni 301,139,947 ni tashkil qiladi. aholi o’sish ko’rsatkichi esa ancha past – 0.9%. Poytaxti – Vashington DC shahri (570,898 kishi). Amerika Qo’shma Shtatlarida 50dan ortiq shtatlar mavjud va har bir shtat o’zining gerbi, bayrog’I, madhiyasiga egadir. Yirik shaharlariga Nyu-York, Los-Anjeles, Chikago, Hyuston, Filodelfiya, San Diego, San Antonio, Dallas va Detroit kiradi (2003). Pul birligi – AQSh dollari. AQShida mahalliy til ingliz tili (82%) bo’lishi bilan birga mamlakatning janubiy qismlaida aholining ko’p qismi ispan tilida (11%) so’zlashadi (2000). Etnik jihatga ko’ra oq tanli aholi 75.1%ni tashkil qilsa, qora tanlilar esa 12.3%dir. Aholining 10 mlndan ko’proq qismi osiyoliklar, deyarli 2.5 mln Amerika hindulari va Alyaska mahalliy aholisi, 15 mlnga yaqini esa boshqa irq vakillari tashkil qiladi. AQShda protestantlar 52%, katoliklar 24%, musulmonlar esa 15%dir (2002). Aholining savodxonlik darajasi 97%ni tashkil etadi (1979).

     AQSHning davlat boshqaruv tizimi – federal respublikadir. Prezident 4yilga saylanadi va 1marta qayta saylanish imkoniga egadir.

 

 

     Mamlakat juda qulay iqlim sharoitiga ega. AQShda yuzdan ortiq turdagi qazilma boylik turlari mavjud. Tabiy resurslar orasida qazib olish sanoatida qiymat jihatdan eng katta ulush (90%) energoresurslar: neft, ko’mir, tabiiy gaz va uranga tegishli. metallarning 755ga yaqin ulushi temir qazib olish va misga to’g’ri keladi. Shu bilan birga milliy iqtisodiyotning mineral hom-ashyoga bo’lgan ehtiyojining 50%i import orqali qondiriladi. Xususan AQSHda xrom, marganes, volfram, kobalt kabi strategic metallarning zahiralari yo’q.

     AQSh bozori jahondagi eng sig’imli va raqobatbardosh bozor hisoblanadi. Mamlakat dunyoda biznes olib borishi uchun eng qulay mamlakat hisoblanadi.

     Amerika Qo’shma Shtatlari ko’pgina iqtisodiy va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha jahonning yetakchi mamlakatidan biri hisoblanadi. AQSh YaIM jahon bo’yicha eng ko’p bo’lib, bu ko’rsatkich 1998-yilda 7.7 trln AQSH dollarini tashkil etgan. AQShda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM 30 ming dollar bo’lib, jahonda eng yuqori ko’rsatkichlardan hisoblanadi.

 

AQSHning iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari

 

    AQSh XX asr o’rtalarida jahon iqtisodiyotidagi eng yetakchi mamlakatga aylandi. Buning asosiy sabablaridan biri, Yevropa mamlakatlarini iqtisodiy salohiyatiga qattiq zarba bergan jahon urushlari edi. AQShning asosiy raqiblari jahon urushlari tufayli chatga chiqib qoldilar. AQSH esa erkin bozor munosabatlari mavjud ekanligi, davlatning iqtisodiyotga o’z vaqtida aralashuvi oqibatida 1-o’ringa chiqib oldi.

     AQSh 1929-33 yillardagi Buyuk Depressiyadan keyin yangi iqtisodiy siyosat joriy qilish bilan ham iqtisodiyotni ancha sog’lomlashtirishga erishdi. Bundan oldingi ahvol juda yomon edi. Ushbu inqirozdan chiqib ketish uchun prezident Franklin Ruzvelt o’zining mashhur “Yangi kurs” dasturini taklif etdi. Unda moliyavy qonunlar, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, ijtimoiy qonunlar, mintaqaviy siyosat jamlangan edi.

     Shunday qilib, ikkinchi jan urushidan so’ng AQSH jahonning iqtisodiy va siyosiy yetakchisiga aylandi.

     Biroq G’arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiya xo’jaligini tiklanishi bilan jahondagi vaziyat o’zgara boshladi. Amerika tovarlarining raqobatbardoshligi hamda dollarning G’arbiy Yevropa davlatlari hamda Yaponiya valyutasiga bo’lgan kursi pasaya boshladi.

                         

Yevropa davlatlari va Yaponiyani ishlab chiqarish osib borishi bilan AQSHning jahon kapitalistik ishlab chiqarishdagi ulushi taxminan 1/3 qismga kamaydi.

     Jahon iqtisodiyotidagi yetakchilikni berib qo’yish xavfi tug’ilgan- ligi sababli AQSH javob choralar ko’rishga majbur bo’ldi: jahon yuqori texnologiyali mahsulotlar bozorida ahvolni mustahkamlash uchun NIOKR xarajatlari kamaytirildi, sanoatni ilmtalab sohalarfoydasiga qayta qurish tezlashtirildi, ITI rag’batlantirishning yangi usullari joriy etildi. AQSh intelektual mulk, yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlar eksportiga ixtisoslashtirilgan strategiyani tanladi.

    Prezident Reygan tomonidan “reygonomika” deb nomlangan islohotlarning amalgam oshirilishi AQSH iqtisodiyotining sog’lomlashishi va tashqi iqtisodiyotdagi mavqeini qayta tiklanishiga sabab bo’ldi.

     “Reygonomka” dasturi qator iqtisodiy muvaffaqiyatlarga sabab bo’lgan bo’lsada, eng asosiy maqsad federal byudjet kamomadini yo’qotish amalgam oshmadi.

     Reygandan keyin J.Bush uning ishini davom ettirdi. Natijada 1990-yillarning boshlariga kelib, bu siyosat iqtisodiyotni boshi berk ko’chaga keltirib qo’ydi.

AQSH iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari

 

     AQSh iqtisodiyoti tuzilmasi o’zining postindustialligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo’jaligi YaIMning 2%ini beradi, sanoat 23%ini beradi. YaIMning katta qismi nomoddiy ishlab chiqarishga to’g’ri keladi: xizmat sohasi YaIMning 75%ini beradi. Jahon rivojlangan davlatlari ichida AQSHning ilg’or postindustrial rivojlanishiga raqobatchilar yo’q. Xalqaro mehnat taqsimoti natijasida xizmat sohasiga ixtisoslashish bilan belgilangan raqobatli ustunlikka ega davlatlarda: Niderlandiyada (78%), Isroilda (81%) va Gonkongda (83%) xizmat sohasi YaIMning katta qismini tashkil etadi. Ammo yuqorida sanab o’tilgan kichik davlatlar bo’lganligi sababli AQSHga raqobatchi bo’la olmaydilar. AQSHning iqtisodiyotida ilm-fan, transport va qishloq xom-ashyosini qayta ishlovchi sanoat sohasini samaradorligini aks ettiruvchi agrar sanoat kompleksi rivojalngandir.

     AQSh sanoatida ilmtalab sohalar ustuvor mavqega ega. Bu sohaga investitsiyalar AQSH iqtisodiyotini 1990-yillardagi rivojlanishini asosiy omili bo’ldi. Kapital qo’yilmalar qariyb YaIMning 11%ini tashkil etadi. Sanoatdagi investitsiyalarning yarmidan ko’prog’ini kompyuterlar va axborot vositalariga xarajatlar tashkil etadi.

     Amerika iqtisodiyotining xizmatlar sohasi barcha yo’nalishlarda yaxshi rivojlangan.  Bu an’anaviy turizm, bank ishi va savdo, meditsina, ta’lim. Oxirgi yillarda konsalting, marketing, boshqaruv xizmatlari, shuningdek axborot texnologiyalari  keng rivojlanmoqda.

               

 

Yaqin o’tmishdagi eng so’nggi ma’lumotlar

 

     AQSh 2005-yilda YaMM record ko’rsatkichga yetdi – 12.41 trillion dollar!!! Bu aholi jon boshiga 42 ming dollardanga to’g’ri keladi. Rivojlanishning haqiqiy tempi – 3.5%. Inflyatsiya darajasi – 3.2%. Ishsizlik darajasi – 5.1%. Haydaladigan yerlar – 18%. Qishloq xo’jaligida quyidagilar yetishtiriladi: bug’doy, har xil donlar, meva-sabzavot, paxta, qo’y go’shti, cho’chqa go’shti, sut mahsulotlari, baliq, o’rmon ho’jaligi mahsulotlari. Eksport hajmi: 927.5 milliard dollar (2005). Import hajmi: 1.727 trillion dollar (2005). Eng asosiy savdo-biznes hamkor davlatlari: Kanada, Meksika, Yaponiya, Birlashgan Qirollik, xitoy, Germaniya (2004).

Foydalanilgan adabiyotlar

 

  1. Shodmonov, G’afurov – “Iqtisodiyot nazariyasi”
  2. Tojiboyeva - “Iqtisodiyot nazariyasi”
  3. O’lmasov, Vahobov – “Iqtisodiyot nazariyasi”
  4. Vahobov, Tillaboyeva – “Iqtisodiy geografiya asoslari”

 

Foydalanilgan veb-saytlar

 

  1. infoplease.com
  2. ofcnfoec.cn
  3. google.uz
  4. artie.com
  5. bavaria.org
  6. ref.uz

                      


Информация о работе Amerika Qo’shma Shtatlari